Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.3K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️⚡️ Эртага соат 15.00да Сенатнинг 38- ялпи мажлиси бўлиб ўтади.

Унда референдум масаласи кўриб чиқилади. Ялпи мажлисда сенаторлар, Ҳукумат аъзолари, давлат органлари, вазирлик ва идоралар раҳбарлари, мамлакатимизда аккредитациядан ўтган дипломатик корпус ҳамда халқаро ташкилотлар вакиллари, Сенат ҳузуридаги Ёшлар парламенти аъзолари, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этади.

📣Сенат қароридан сўнг Конституциявий қонун лойиҳаси жамоатчилик учун эълон қилинади.

📹 Ялпи мажлис “O'zbekiston 24”, “O'zbekiston” телерадиоканаллари, “Uzreport” телеканали ҳамда Сенатнинг YouTubе тармоғидаги саҳифаси орқали тўғридан-тўғри ёритиб борилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#dolzarb_jarayon

Oqqo‘rg‘on tumani FVB xodimlari tomonidan Respublikamizda o'tkazilayotgan ''Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va Fuqaro muhofazasi'' oyligi doirasida ijtimioy soha va iqtisodiyot ob'ektlarida profilaktik suhbat va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Xususan bugun 18-umumtaʼlim maktabida tashviqot ishlari olib borildi.

🟢 Profilaktika ishlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilish;

🟢 Turli xil muddati o'tgan va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida kelib chiqishi mumkun bo'lgan botulizm kasalligining oldini olish;

🟢Odamlar hamda hayvonlar orasida tarqaladigan va yuqadigan turli xil yuqumli kasalliklardan saqlanish hamda kelib chiqishining oldini olish choralari haqida tushuntirish berildi.

☑️ Profilaktik tushuntirish ishlari davomida berilgan savollarga atroflicha javob berildi hamda ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lgan taqdirda 101 va 1050 qisqa raqamlari orqali xabar berishlari eslatib o'tildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Сурхондарё вилоятидаги янги ишлаб чиқариш қувватларини ишга туширди

Президент запустил новые производственные мощности в Сурхандарьинской области

Facebook|Instagram|Twitter
Yangi_O'zbekiston_Konstitutsiyasi_Qonun_loyihasi.pdf
359.5 KB
#Eʼlon #Konstitutsiya #Referendum

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Shuningdek, Qonun loyihasi ”Xalq soʻzi“ va ”Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi sonida eʼlon qilindi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_va_ijro

Prezidentimizning 2022-yil 10-senyabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 373-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida tumanimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kecha “Suvti” va “Guliston” MFYlardan mazkur qaror asosida 30 yilga ijara asosida auksionda yer yutib olgan 98 nafar fuqaroga Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tuman boʻlimi boshligʻi nazoratida ochiq elektron savdoda gʻolib boʻlganlarga 30sotixdan yer tarqatildi.

Shu bilan birgalikda ushbu yerlarni shudgorlash va ekin ekish ishlari amalga oshirildi.

Aytgancha, yer olish istagingiz boʻlsa auktsionda ishtirok etishingiz mumkin.
ЭЪЛОН

📍 2023 йил 16 март куни соат 11.00 да
Тошкент шаҳри, Алишер Навоий кўчаси, 1-уйда жойлашган “Маърифат маркази” (Симпозиумлар саройи) биносида Ўзбекистон Марказий сайлов комиссиясининг навбатдаги мажлиси ҳамда матбуот анжумани бўлиб ўтади.

👨‍💼 Мажлис кун тартибидан Ўзбекистон Республикасининг референдумига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказишга доир ташкилий масалалар, шу жумладан Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш масаласи бўйича референдумга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш Календарь режасини тасдиқлаш, Ўзбекистон Республикасининг референдумини ўтказувчи референдум округларини тузиш каби масалалар ўрин олган.

Мазкур мажлис тафсилотларини Марказий сайлов комиссиясининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари орқали ҳамда YouTube платформаси орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин.

🌍 Шунингдек, ушбу мажлис “Ўзбекистон-24” ҳамда “УзРепорт” телеканаллари орқали жонли эфирда узатиб борилади.

Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси Матбуот хизмати

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#hashar

Tumanimizdagi “Usta Normat” MFYning Tinchlik va Ibn Sino koʻchalarining 600 metr qismi hashar yoʻli bilan shagʻallashtirildi.