Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#faxr
#intilganga_toleyor

Oqqo'rg'on tumani ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi Nazarqulov Shoxjaxon Otabek o'g'li Xalqaro Sertifikat IELTS dan 7.5 Band scoreni qo'lga kiritdi.

Shoxjahon xalqaro sertifikatga intiluvchanligi, ilm olishga boʻlgan chanqoqligi va albatta, unga taʼlim berayotgan ustozi Ingliz tili fan o'qituvchisi, TKT sohibasi, Chet tilini o'qitish metodikasi bo'yicha trenerlik qilayotgan Umida Yoraliyevaning qoʻllab-quvvatlashi, koʻmagida erishdi.

Sh.Nazarqulovga kelgusi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogʻa yoshlar!!!
Oʻqish va izlanishdan toʻxtamang!!!
Konstitutsiyaviy sud xulosasi:

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining har bir bandi batafsil oʻrganib chiqildi va oʻrganib chiqish natijasiga koʻra, referendumga qoʻyilishi mumkin boʻlmagan masala aniqlanmadi.

Manba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️⚡️

⚡️Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov: Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi amaldagi Konstitutsiya, boshqa hamma qonunlar va Oʻzbekistonning xalqaro hujjatlariga toʻliq mos keladi.

Manba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiyani yangilashga oid qonunni prezident imzolashi koʻzda tutilmagan. Senat maʼqullashi kerak.

Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar referendum natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Manba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев "Ўзбекистон ким томонда?" деган саволга жавоб берди

Президент Шавкат Мирзиёев ответил на вопрос "На чьей стороне Узбекистан?"

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi

“Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–92-son, 11.03.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan “Nuroniy” jamgʻarmasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

“Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.

📝 “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan aʼzolari biriktiriladi.

▶️ “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib borish tizimi joriy etiladi.

🔘 Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming soʻm) miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovgʻa olish tartibi belgilandi

Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami – 3425, 13.03.2023-y.)

🔰 Nizomga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisi Oʻzbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovgʻa olishi mumkin.

🚫 Oʻzbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovgʻa olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovgʻa quyidagi talablarga javob berishi kerak:

🔹milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar boʻlishi;
🔹sovgʻa xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan boʻlishi;
🔹sovgʻa ochiq va oshkora qabul qilinishi;
🔹davlat organining obroʻsiga putur yetkazmasligi;
🔹manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

🗒 Davlat fuqarolik xizmatchisi sovgʻani tadbirdan kelgandan soʻng 3 ish kunida xoʻjalik boʻlimiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

💰Sovgʻaning qiymati aniq boʻlmasa, xoʻjalik boʻlimi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln soʻmdan) koʻp boʻlmasa, sovgʻa davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

🔘 Sovgʻa qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln soʻmdan) koʻp boʻlsa, u moliya-iqtisod boʻlinmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.

📁 Tez yaroqsiz holga keluvchi sovgʻalar (gul, shirinliklar), shuningdek kanselyariya toʻplamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovgʻa sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovgʻalar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.

📌 Mazkur nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi.

Manba
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️⚡️ Эртага соат 15.00да Сенатнинг 38- ялпи мажлиси бўлиб ўтади.

Унда референдум масаласи кўриб чиқилади. Ялпи мажлисда сенаторлар, Ҳукумат аъзолари, давлат органлари, вазирлик ва идоралар раҳбарлари, мамлакатимизда аккредитациядан ўтган дипломатик корпус ҳамда халқаро ташкилотлар вакиллари, Сенат ҳузуридаги Ёшлар парламенти аъзолари, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этади.

📣Сенат қароридан сўнг Конституциявий қонун лойиҳаси жамоатчилик учун эълон қилинади.

📹 Ялпи мажлис “O'zbekiston 24”, “O'zbekiston” телерадиоканаллари, “Uzreport” телеканали ҳамда Сенатнинг YouTubе тармоғидаги саҳифаси орқали тўғридан-тўғри ёритиб борилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#dolzarb_jarayon

Oqqo‘rg‘on tumani FVB xodimlari tomonidan Respublikamizda o'tkazilayotgan ''Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va Fuqaro muhofazasi'' oyligi doirasida ijtimioy soha va iqtisodiyot ob'ektlarida profilaktik suhbat va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Xususan bugun 18-umumtaʼlim maktabida tashviqot ishlari olib borildi.

🟢 Profilaktika ishlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilish;

🟢 Turli xil muddati o'tgan va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida kelib chiqishi mumkun bo'lgan botulizm kasalligining oldini olish;

🟢Odamlar hamda hayvonlar orasida tarqaladigan va yuqadigan turli xil yuqumli kasalliklardan saqlanish hamda kelib chiqishining oldini olish choralari haqida tushuntirish berildi.

☑️ Profilaktik tushuntirish ishlari davomida berilgan savollarga atroflicha javob berildi hamda ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lgan taqdirda 101 va 1050 qisqa raqamlari orqali xabar berishlari eslatib o'tildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Сурхондарё вилоятидаги янги ишлаб чиқариш қувватларини ишга туширди

Президент запустил новые производственные мощности в Сурхандарьинской области

Facebook|Instagram|Twitter
Yangi_O'zbekiston_Konstitutsiyasi_Qonun_loyihasi.pdf
359.5 KB
#Eʼlon #Konstitutsiya #Referendum

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Shuningdek, Qonun loyihasi ”Xalq soʻzi“ va ”Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi sonida eʼlon qilindi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_va_ijro

Prezidentimizning 2022-yil 10-senyabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 373-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida tumanimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kecha “Suvti” va “Guliston” MFYlardan mazkur qaror asosida 30 yilga ijara asosida auksionda yer yutib olgan 98 nafar fuqaroga Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tuman boʻlimi boshligʻi nazoratida ochiq elektron savdoda gʻolib boʻlganlarga 30sotixdan yer tarqatildi.

Shu bilan birgalikda ushbu yerlarni shudgorlash va ekin ekish ishlari amalga oshirildi.

Aytgancha, yer olish istagingiz boʻlsa auktsionda ishtirok etishingiz mumkin.