#Obodonlashtirish
Yoshlar bog‘ida manzarali daraxtlar 45 taga ko‘paydi
Ayni damda amalga oshirilayotgan “Obodonlashtirish haftaligi” doirasida, nafaqat tozalash, sarishtalash, bo‘yash-oqlash ishlari, balki ko‘chat ekish ham tizimli amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari Oqqo‘rg‘on markazidagi Yoshlar bog‘iga 45 dona manzarali sasna ko‘chatlarini o‘tkazishdi.

#Hashar
Bahorda bog‘chalar 16 tur gullar burkanadi
Tumanimizda olib borilayotgan hasharda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari faol ishtirok etmoqda.
Bog‘cha xodimlari obodonlashtirishdan tashqari parniklar tashkil etib rahxon, petuniya, salvik kabi 16 turdagi gul urug‘larini sochishdi. Unib chiqqan gullar DMTT hovlisiga chiroy qo‘shishi shubhasiz.

#hashar
Bugun to‘rtta sektor hududidagi barcha mahalla va korxona-tashkilotlarda hashar ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Bundan “Navro‘z” va “Zarafshon” MFYlar ahli ham mustasno qolmadi. Hasharda mahalla ahli ko‘cha va yo‘laklar atrofini tozalashdi, oqlashdi. Hashar qizg‘in davom etmoqda.

#sumalak_sayli
Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tashabbusi bilan kechadan boshlab hududlarda obodonlashtirish, hashar tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Azaldan hamma hasharga otlanganda oʻzbek ayoli, kayvoni onaxonlari chetda tomoshabin boʻlib turmaydi. Yerni maysa qoplamasdan, momolarimiz bugʻdoy undirib, sumalak hozirligini boshlashadi. Oʻzbegimning milliy qadriyatlari ana shunda yaqqol namoyon boʻladi.
Tumanimizdagi 27ta mahallada kecha doshqozonlarda sumalak qaynadi. Bugun “Qoʻshtepa” MFY xotin-qizlar faoli tumanimiz ayollarini sumalak sayliga chorladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar, kayvoni onaxonlar bir dasturxon atrofida jam boʻlishib yoshlarga qadriyatlarimiz beshigidan naʼmunalar koʻrsatishdi. Mahallaning yosh oʻquvchi qizlari iqtidor va isteʼdodlarini namoyon etdi.
Dasturxonimizni oʻzbekning shoh taomlari: sumalak, ko‘k somsa, g‘ilmindi-yu cho‘zmalar bezadi.