Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.73K subscribers
25.7K photos
1.6K videos
45 files
3.2K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Энергетика масалаларини ҳал қилишда қайта тикланувчи энергия салоҳиятига таянилади

Айни пайтда Президент пойтахт жамоатчилик вакиллари ва мутасаддилар иштирокида йиғилиш ўтказмоқда.

Йиғилишда Тошкент шаҳрининг электр энергияси ва табиий газга эҳтиёжи тобора ортиб бораётгани таъкидланиб, энергетика масалаларини тўлиқ ҳал қилиш учун барча ҳисоб-китоблар қилингани айтилди.

Авваламбор, қайта тикланувчи энергия салоҳиятидан фойдаланиш зарур.

Шаҳарда камида 2 минг мегаваттга яқин қувватли қуёш панелларини ўрнатиш мумкинлиги қайд этилди. Бу ишлар билан кўп қаватли уйлар, ижтимоий соҳа объектлари, давлат идоралари ва тадбиркорлик биноларининг том қисми, саноат зоналари ҳудуди, автотураргоҳлар ва йирик сув иншоотлари ҳудудини қамраб олиш мумкин.

Бу чоралар кўрилса, ҳисоб-китобларга кўра, 2023 йилда кутилаётган 240 миллион киловатт соатлик талабни 4 баравар ортиғи билан, яъни 1 миллиард 80 миллион киловатт соат ҳажмда таъминлаш имконияти пайдо бўлади.

Facebook|Instagram|Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismidan biri boʻlgan 168,9 mln. dollar qiymatga ega 240 ming tonnadan ziyod qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilik mahsulotlari eksport qilingan.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. “Jamshid Abzalbek” MCHJ “Hamzaobod” mahallasida un ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan boʻlib, hozirda bu yerda yangi investitsiya loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. Yangiyoʻl shahar hokimi oʻrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi “Baxt” mahallasi hududida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyati bilan tanishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Mirobod” mahalla fuqarolar yigʻinida “AZIYA TASHKENT TEXTILE” MCHJ tomonidan ip kalava mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda.

🔘Piskent tumani. Vengriyaning “Bonofarm Group” va “Kite Group” kompaniyalari delegatsiyalari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Piskent tumanida ham boʻlishdi.

🔘Chirchiq shahri. Bugun Chirchiq shahar hokimi D.Xidoyatov rahbarligidagi masʼullar hududiy Investitsiya dasturiga asosan ishga tushirilgan “ALKIM TEKSTIL” MCHJ tomonidan “Bosma mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi bilan tanishdilar.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi oʻrinbosari B.Yusupxanov tumandagi issiqxona egalari bilan uchrashib, ular tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlar va eksport imkoniyatlarini oʻrgandi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент қуёш панелларини ўрнатиш ҳам энергетика тизими учун, ҳам оилалар учун манфаатли бўлишини тушунтирди

Президент объяснил, как установка солнечных панелей будет выгодна и для энергетической системы, и для семей

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#dolzarb_10_kunlik

Xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida "Obodonlashtirish haftaligi" eʼlon qilindi. Shu munosabati bilan bugun erta tongdan tuman hokimi A.Karimdjanov sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari birgalikda hasharni uyushqoqlik bilan oʻtkazish yuzasidan yigʻilishdi. Tumanimizdagi har bir hududda rahbarlardan masʼullar biriktirilib, ishlarni koʻngildagidek tashkil etish borasida koʻrsatmalar berildi.
#Mehnat_yarmarkasi

Oqqoʻrgʻon tumanidagi Madaniyat va yoshlar markazida “Mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtdi.

Aholi  bandligiga koʻmaklashish markazi hamda 3-sektor rahbari bilan hamkorlikda boʻlib oʻtgan “Mehnat yarmakasi”da  24 ta korxona va tashkilot oʻzlarining 260 ta boʻsh ish oʻrni bilan qatnashdi.

Yarmarka vositasida 9 nafar fuqaroga doimiy ish oʻrinlariga yoʻlanmalar berildi, 16 nafariga “Ishga marhamat” monamarkaziga kasbga yoʻnaltirildi, 5 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, qolgan 62 nafari boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirildi hamda huquqiy, bank kredit boʻyicha maslahatlar berildi.
#tashviqot

“Qoʻrgʻoncha” mahallasidagi 180dan ortiq xonadonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishi rejalashtirilmoqda

Bu haqda 2-sektor rahbari, tuman prokurori D.Fayziyev boshchiligida tuman hokimi oʻrinbosari bilan birgalikda mahalla faollari, tadbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishi aholiga qator qulayliklar yaratishi, berilayotgan imtiyozlar farovon turmush sharoitiga zamin boʻlishi haqida soʻz yuritildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan samarali foydalanish, quyosh panellarini o‘rnatish, Prezident tashabbusi bilan yaratilgan imkoniyatlar aytib o‘tildi.
Президент Шавкат Мирзиёев Туркия Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонасига бориб, турк қардошларимизга яна бир бор ҳамдардлик билдирди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил посольство Турецкой Республики в Узбекистане и вновь выразил соболезнования турецким братьям.

#Mirziyoyev #hamdardlik #Turkiya #elchixona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter