Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.2K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#xush_xabar
#dolzarb_mavzu

Guliston mahallasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatiladi

Energiya tejovchi qurilmalardan foydalanish, muqobil energiya manbaalarini joriy etish bugungi davr talabi. Ayniqsa, qish chillasida hukm surgan anomal sovuq bu vazifaning kechiktirib bo‘lmasligini ko‘rsatib berdi.

Bugun tuman hokimi A.Karimdjanov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari,  yordamchilari, mahalla raislari, buydjet tashkilotlari rahbarlari, mahalla faollari, tadbirkorlar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ijtimoiy soha obektlari, tadbirkorlar va tashkilotlarda energiyaga bo‘lgan talabni 30 foizga qisqartirish uchun quyosh panellarini o‘rnatish masalasi muhokama etildi. Yashil energiya manbaalaridan samarali foydalanish, quyosh panellarini o‘rnatish, Prezident tashabbusi bilan yaratilgan imkoniyatlar aytib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, quyosh panellarini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi, subsidiya, chegirmalar mavjudligi kabi ko‘rinishidagi imtiyoz berilishi aytib o‘tildi.
#Infografika

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari harid qilinsa, harajatlar qanday qoplanadi?

📊Buni yuqoridagi infografikadan bilib oling👆👆
#investitsiya_loyihasi

Oqqoʻrgʻonni qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan tuman, sifatida bilishadi. Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar sabab tumanimizda ishlab chiqarish korxonalari, yirik tadbirkorlik subyektlari soni va sifati ortib borayotgani quvonarli. Fikrimizga birgina “Jamshid Abzalbek” MCHJ faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin. Tumanimizning chekka hududlaridan biri sanalgan “Hamzaobod” MFYda joylashgan ushbu korxona un ishlab chiqaradi. Tadbirkor ishini yanada kengaytirish maqsadida yangi investitsiya loyihasini ishga tushirish arafasida. 

Unda tadbirkor sholini qayta ishlashni yoʻlga qoʻymoqda. Buning uchun investitsiya dasturi asosida 4.6 mlrd soʻmga Turkiya davlatidan zamonaviy texnologiyalar xarid qilindi. Loyiha 2023-yilning mart oyidan ishga tushirish rejalashtirilgan.

Loyiha natijasida 20ta yangi ish oʻrni yaratiladi va kuniga oʻrtacha 14 tonna sholi qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Diqqat, eʼlon!

🔰Hurmatli tumandoshlar!
Siz azizlarni 9-fevral soat 11:00da Oqqoʻrgʻon tumani Madaniyat va turizm boʻlimi tasarrufidagi "Madaniyat va yoshlar markazi"da ikki buyuk siymo: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalari munosabati bilan boʻlib oʻtadigan "Nazm va navo kechasi"ga taklif etamiz.

🎭 Tadbirda tuman madaniyat boʻlimining isteʼdodli sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi hamda teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etiladi.

Barchangizni ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirimizda kutib qolamiz.
#obodlik

“Hosildor” mahallasi ahlining ichimlik suvi muammosi hal etilmoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport
#motivatsya

Oqqo‘rg‘onda chempionlar ko‘payadi. Bunga munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent viloyati sport bosh boshqarmasi tomonidan Oqqo'rg'on tumani sport maktabi trenerlariga 100 million so'mdan ortiq 12 xil turdagi, jumladan, yunonrum kurashi bo'yicha Xalqabod MFYda joylashgan 2-son kasb-hunar maktabi sport zaliga jahon standartlariga javob beradigan maxsus kavyorlar, trenajor jihozlari, futbol, stol tennisi, boks, kikboks, voleybol, basketbol, gimnastika sport jihozlari yetkazib berildi.