ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
339 subscribers
9.28K photos
1.04K videos
48 files
1.9K links
Олмалиқ шаҳрининг қайноқ ҳаётига оид энг сўнгги ва энг ишончли хабарлар ва лавҳаларни биз билан кузатиб боринг. Шунингдек, аҳолидан келиб тушган мурожаатларнинг ижросини ҳам бериб борамиз.
Download Telegram
2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

📍
https://uza.uz/posts/458521

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#deputat_yoshlar

Ergash Abdurayimov 14-maktabda!

Xalq deputatlar Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdurayimov Ergash Arifdjanovich 14-maktabda yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hayotda o'z oldiga oliy maqsad qo'yish va maqsadga yetishish uchun mehnatdan tohtamaslik kerakligi aytildi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, deputatga takliflar berishdi.

@Olmaliq_deputatlari
«Жаҳонда янги нотинчлик ўчоқлари пайдо бўлаётгани барчамизни жиддий ташвишга солмоқда» — Шавкат Мирзиёев

Президент бундай қийин вазиятда энг катта оғирлик ва салбий таъсир, аввало, айнан ривожланаётган давлатлар зиммасига тушаётганини таъкидлади.

👉 https://kun.uz/70396367

Kun.uz расмий канали
#bayonot

Olmaliq shahrining “Ehtirom” koʻchasidagi yoʻlga nomaʼlum suyuqlik toʻkilib ketgani boʻyicha

⚡️ “Olmaliq KMK” AJ Sanoat temir yoʻllar boshqarmasining noruda materiallari sexi haydovchisi tomonidan, 2023-yil 1-mart kuni olib ketilayotgan yaroqsiz moylarni tashish qoidasi buzilib, ehtiyotsizlik sabab, Olmaliq shahar, “Totuvlik” koʻchasi chorrahasidan qayrilganda avtotransportga ortilgan yuk yerga tushib ketishi oqibatida asfalt yoʻlga moylar toʻkilib, haydovchi tomonidan tashish qoidasi buzilgan.

📌Ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar Ekologiya boʻlimi tomonidan haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, shu kunning oʻzida tozalash ishlari olib borildi. Taʼkidlab oʻtish joizki, mazkur holatning ekologik jarayonlarga salbiy taʼsiri mavjud emas.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliqhayoti
#deputat_uchrashuvi

📌 Xalq deputatlar Olmaliq shahar Kengashi deputati Raximov Qudratjon Komilovich 4-maktabda yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda: "Jaxolatga qarshi ma'rifat",
Yoshlarning kelajak kasblari,
shaxsiy rivojlanishning asoslari va shu kabi mavzular doirasida deputat Qudratjon Raximov va mutasaddilar yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

@olmaliq_deputatlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Hujjatlarni qalbakilashtirish orqali byudjet mablagʻlarini talon taroj qilgan MCHJ rahbariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Aniqlanishicha, fuqaro L.Mirzaaxmedova rahbarlik qilgan pudratchi MCHJ tomonidan 2 ta holatda qurilish, taʼmirlash ishlari uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari hujjatlarni soxtalashtirish orqali talon taroj qilingan.

Batafsil👉 https://bit.ly/3IS4zYL


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Руҳият

📍Ҳеч қачон шикоят қилманг!

— Сизни ижобий, кучли, бақувват ва ғайратли инсон сифатида танишга рухсат беринг. Шикоят қилган киши ҳар доим бепарво бўлади ва ҳамма нарсада салбийликни қидиради. Бундай одам одамларни қўрқитади ва камдан-кам ҳолларда муваффақият қозонади.

— Соф психологик нуқтаи назардан, ҳамма нарса икки марта яратилган: биринчи навбатда онгда, кейин эса ҳақиқатда. Ижобий нарсаларга эътибор қаратинг. Муваффақият сари ҳеч нарса тўсқинлик қила олмаслиги учун маънавий мустаҳкам бўлинг. Ўзингиз хоҳлаган нарсани тасаввур қилинг ва унга қатъий ишонинг, шунда бу албатта амалга ошади.

Робин Шарма

Каналга уланиш: @manaviyatchashmasi