#Bitiruvchilar_kengashi
BITIRUVCHILAR KENGASHI: YANGI REJALAR MUHOKAMASI
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida tizimdagi Bitiruvchilar kengashing navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Agentlik masʼul xodimlari, Bitiruvchilar kengashi boshqaruv apparati, aʼzolari ishtirok etdi.
Yigʻilishda bitiruvchilar va maktab oʻquvchilari oʻrtasida aloqa va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, raqamli platformalar orqali oʻzaro aloqalarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda boshlangan ishlar tahlil qilindi.
Muloqotda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish tartibi boʻyicha vebinar-treninglar, yuqori sinf oʻquvchilari va nufuzli oliygohlarga tahsil olayotgan bitiruvchilar bilan muloqotlar tashkil etish, Kengash elektron platformasida xalqaro dastur va loyihalarni doimiy e’lon qilib borish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, bitiruvchilar va o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini jamlash, ularni o‘rganish, tahlil qilish, IT va muhandislik sohalaridagi ishlanmalarni baholash va xulosa tayyorlash boʻyicha tashabbuslar Kengash aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#zakovat
📣Bugun 26-noyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod
maktabida Zakovat o’yinlari bo’lib o’tdi.
✅Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi:
➖ Toshkent shahridagi prezident maktabi;
➖ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
➖ Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi
➖Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
➖ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktab;
➖ Olmazor tuman IM;
➖ Shayxontohur tuman IM;
➖ Sergeli tuman IM;
➖ Zangiota tuman IM "Zakovat klubi" jamoalari ishtirok etishdi.
📌24 ta savol, 2 tur davomidagi murosasiz va shiddatli o’yindan so’ng natijalar quyidagicha bo’ldi:
🥇– o’rin Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🥈– o’rin Toshkent shahar Prezident maktabi
🥉– Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
⚡️G’olib va ishtirok etgan jamoalar Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Imamxodjayeva Aziza Anvarovna tomonidan esdalik sovg’alari, kitoblar bilan taqdirlanishdi.
📍Rasmiy sahifalarimiz: https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashgan

#Muhammad_al_Xorazmiy
🤝Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad al-Xorazmiy prezidentlari va jamoalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sport, kibersport, zakovat va boshqa intellektual o‘yinlarni birlashtirish hamda musobaqalar tashkil etish bo‘yicha muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
🌟 Bu uchrashuv ikki maktab o‘quvchilari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlash, shuningdek, bilim va iste’dodlarni namoyon qilish uchun katta imkoniyat yaratadi. Kelgusida hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonamiz!
Olmazor Presidency