Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.17K subscribers
5.2K photos
1.03K videos
36 files
1.28K links
Download Telegram
#Ochiq_muloqot
#Сўх

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumani pedagoglari bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

❗️ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan muloqot davomida o‘qituvchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.


Ishtirokchi pedagoglar Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘xdagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Vazir Hilola Umarova so‘zi avvalida ustozlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar davomiy bo‘lishini, hududdagi o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafar pedagog “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘llarda bolalarni asrang❗️

Yozgi taʼtil tugab, yangi o‘quv yili ham boshlanmoqda. 

Shu o‘rinda haydovchilarga murojaat qilmoqchimiz.

Hurmatli haydovchilar yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalarga eʼtiborli bo‘ling, ularga yo‘l bering! Ular xohlagan vaqtda yo‘l chiqib yuborishi mumkin. Sababi ular hali yo‘l harakati qoidalari haqida to‘liq tasavvur va bilimga ega emas.

Haydovchilar uchun quyidagi tavsiyalarni eslatib o‘tamiz.👉Batafsil 
——
Йўлларда болаларни асранг❗️


Ёзги таътил тугаб, янги ўқув йили ҳам бошланмоқда.

Шу ўринда ҳайдовчиларга мурожаат қилмоқчимиз.

Ҳурматли ҳайдовчилар йўлни кесиб ўтаётган болаларга эътиборли бўлинг, уларга йўл беринг! Улар хоҳлаган вақтда йўл чиқиб юбориши мумкин. Сабаби улар ҳали йўл ҳаракати қоидалари ҳақида тўлиқ тасаввур ва билимга эга эмас.

Ҳайдовчилар учун қуйидаги тавсияларни эслатиб ўтамиз 👉Батафсил

Каналга уланиш  👉 fviib.uz

🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸🌸🌸Ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari agentligiga qarashli
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 -yil 6-sentyabr kuni
🌸🌸🌸,,Xon atlas‘‘ 🌸🌸🌸festevali tashkillandi. Milliyligimiz belgisi , o‘lmas madaniyatimiz bezagi bo‘lgan adras va atlas matolardan tikilgan liboslarda ustozlarimiz yanada g‘o‘zal va maftunkor qiyofada namoyon bo‘ldilar .
👩‍⚕🧑‍⚕👰‍♀ Ular butun jamoa ko‘z o‘ngida o‘zgacha bir shukuh va viqor bilan ko‘rinish berdilar .
👑👑👑 Bunday festevallarni o‘tkazish ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat namunasi , milliy madaniyatimiz istiqboli uchun
qilingan yana bir xayrli ishlardan bo‘lishiga umid qilamiz!


https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashgan
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

📌 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning Matematika fani o’qituvchilari Toshtemirova Nilufar Xalqaro 1020 ball bilan SAT sertifikatini va Bozorboyeva Hilola 1070 ball bilan SAT sertifikatini qo’lga kiritdilar.

Matematika fani o'qituvchisi Toshtemirova Nilufar fanni   92,46% bilan 
B+ darajasini qo'lga kiritgan edi.

⚡️Ustozlarimizga bundan keyingi faoliyatlarida ham ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
📍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashgan
🏆🥈Olmazor ixtisoslashtirilgan maktab 8-"B" sinf o'quvchisi Yuldashev Saidmuhammad Sportning Suv polo turi bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilgan "O'zbekiston kubogi"da faxrli 2-o'rinni egalladi.

Namangan shahrida tashkil etilgan U17 yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida bellashgan 14 yoshli o'quvchimizning ushbu yutug'i bilan tabriklaymiz. Keyingi musobaqalarga omad tilaymiz.

https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashgan
🏆🥇Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktab 8-"E" sinf o'quvchisi Siddiqjonov Orifjon
Sportning mauy - tay turi bo’yicha sport maktablari o’rtasida bo’lib o’tgan Toshkent shahar chempionatida faxrli 1-o’rinni egalladi.

O’quvchimizni ushbu yutug’i bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda omad tilaymiz.

https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashgan
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi inklyuziv ijodiy studiyalarga beshinchi qabul o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilarning iltimosiga ko‘ra, ular ijodkorlik va o‘zini ifoda etishga ko‘proq vaqt ajrata olishlari uchun o‘qish muddati bir akademik yiligacha uzaytirildi. Qabul an’anaviy ravishda media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 22-sentyabrgacha mana bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.

В рамках проекта Zamin Creative проводится пятый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. По просьбам ребят длительность обучения увеличится до одного академического года, чтобы участники проекта могли больше времени посвящать творчеству и самовыражению. Набор традиционно будет проведён по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 22 сентября здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
ОЛТИНДАН ҚИММАТ СЎЗЛАР
– Ҳаётида муваффақият қозонган одамни кўрмадим. Агар кўрган бўлсам, ота-онасига яхшилик қилиш насиб қилган одам бўлади.
– Ғам-андуҳсиз одам йўқ. Лекин «Бу шунчаки дунё» деб табассум қиладиган одам топилади.
– Сиқилган пайтингизда йиғламанг, балки, шукур қилинг,
– Энг яхши дўст дунё сенга кулиб боққанда ҳасад қилмайди, дунё сендан юз ўгирса, сени ташлаб кетмайди.
– Виқор ва ҳайбатли бўлишнинг сабаби камгапликдир. Жамол ва чиройнинг сабаби табассумнинг самимийлигидандир.
– Инсон таълим олган нарсаларнинг энг чўққиси, ҳар бир фикрни эшитиб, уни ҳурмат қилишидир. Ундан қаноатланиши шарт эмас.
– Ким онасига яхшилик қилишдан маҳрум бўлса, барча яхшиликлардан маҳрум бўлибди!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muqaddas qadamjolarga sayohat.


  Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
   9-"B" sinf oʻquvchilari
  2024-yil 14- sentabr kuni Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan " Hasti Imom" majmuasi va "Koʻkaldosh" madrasasiga sayohat qilishdi.
      Oʻquvchilar ekskursiya davomida "Tilla shayx " masjidi, "Baroqxon" madrasasi, "Xalifa Usmon Qurʼoni", "Koʻkaldosh" madrasasi haqida koʻpgina ma'lumotlarga ega boʻlishdi hamda    bu tashrif oʻquvchilarda Vatanga muhabbat, tariximiz va ajdodlarimizga yuksak hurmat va iftixor,madaniy merosimizni asrab-avaylash kabi tuygʻularni yanada oshirdi.
       9-"B" sinf rahbari: G.Karshiyeva
    
   Olmazor ixtisoslashtirilgan maktabi
https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashgan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat
Olmazor ixtisoslashtirilgan maktab 9-“E” sinf o’quvchilari 2024- yil  14-sentabr kuni “Tarixi qadim, kelajagi porloq O’zbekiston!” shiori ostida Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” ga sayohat qilishdi.
G‘alaba bog‘i o‘z tarkibiga “Shon- sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” manumentlarini, tarixiy- badiiy ekspozitsiyalarni jamlagan.
Ta’kidlash joizki, bu ekskursiya o‘quvchilarimizga  ma’naviy ozuqa berish hamda ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximizga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashgan