Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.13K subscribers
5.47K photos
1.06K videos
37 files
1.37K links
Download Telegram
#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

📆 Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat, tanlov

O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va "Kamalak" bolalar tashkiloti hamkorligida 10 dan 20-dekabrga qadar O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishlangan IV Respublika insholar tanloviga start beriladi.

☝️Tanlov ikki yosh toifasi doirasida (onlayn) o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.

💰 G‘olib bo‘lgan 1,2, va 3-o‘rin ishtirokchilari pul mukofotlari bilan, nominatsiya g‘oliblari esa televizor bilan taqdirlanadilar.

Tanlov yo’riqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishib insholaringizni 👉 @insholarbot'iga yuboring!

Barchangizga omad yor bo‘lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Jarayon
#Robo_Coding

🛑Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda. Olimpiada Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida o‘tkazilib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabdan 8- sinf o'quvchilaridan Sultonmurodov Nasrulloh va Sherov Umar, 10 sinf o'quvchilaridan Muxammedov Abdullox va Patxullayev Asadullo qatnashmoqdalar. 7- sinf o'quvchisi Sultonmurodov Asadulloh jarayonda qatnashishdi.
Maktabimiz sharafi uchun kurashayotgan o'quvchilarimizga omad tilaymiz!


Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
Forwarded from 🌱Uncha-Muncha
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ибрат

Болангизга бекор ўтказаётган вақти қандай оқибатга олиб келишини тушунтириб қўйинг...

👉 @UnchaMuncha
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

📝Unda viloyatdagi harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi bir qancha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, ijod maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

🎼 Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi garnizoni tomonidan orkestr sadolarida madhiyamiz ijrosida Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov madhiyaning yaratilish tarixi, ulugʻ shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabining tashkil etilishi, Abdulla Oripov siymosi haqida soʻz yuritdi. Oʻz navbatida, ijod maktabi oʻquvchilarining madhiya haqidagi sheʼrlari tinglandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM