Olmaliq shahar hokimligi
2.74K subscribers
3.07K photos
415 videos
6 files
1.42K links
Olmaliq shahar hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Veb-sayt: olmaliq.uz
Instagram: instagram.com/olmaliqshahar_hokimligi
Telegram: @olmaliqshaharpressa

Ishonch telefoni: +998 70 614 40 04

Murojaat uchun: @Olmaliqshahar_murojaat_bot
Download Telegram
#murojaat_va_yechim

Anʼanaga  muvofiq Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov tashabbusi bilan aholini mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi


▶️Batafsil

Telegram 🌐Website   Instagram 📱 Facebook
#jaholatga_qarshi_maʼrifat

Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Olmaliq shahar bo‘linmasi hamda Diniy qo‘mitaning shahar bo‘limi bilan hamkorlikda "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida yoshlarda turli yot g‘oyalarga tushib qolishni oldini olish shu jumladan, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va boshqa illatlarga qarshi kuchli mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, inson kamoli uchun ta’lim olish darkorligi, yurtimizda eng katta boylik bu tinchlik ekanligi alohida ta’kidlandi.

Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdidlar tobora ortayotgani, faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash ayniqsa, yoshlar ongiga ustomonlik bilan singdirilayotgan tahdidlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Suhbat davomida "Tinchlik qadri" mavzusida videolavha namoyish etildi.

Telegram 🌐Website   Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sessiya

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 5-sessiyasida deputatlar Olmaliq shahrining 2025-yilgi byudjetini tasdiqladi.

Unga koʻra, Olmaliq shahar mahalliy byudjetining 2025-yilgi daromadlari 97 milliard 611 million 160 ming soʻm va xarajatlari ham 97 milliard 611 million 160 ming soʻmni tashkil etadi.


Videolavhada Kengashning doimiy komissiya raisi Matluba Ashurova doimiy komissiyalar qoʻshma majlisida deputatlar qanday xulosaga kelganligini maʼlum qilmoqda. Shundan soʻng qaror ovozga qoʻyildi va tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website   Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Yaqinlariga qarab turgan 15 ming nafar aholining ishlashiga sharoit yaratiladi


🧠 Mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 ming nafariga uyida va 4 ming nafariga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi.

🏃 Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholinining ishlashiga sharoit yaratiladi.

Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.

🧮 "Ijtimoiy daftarlar mablag‘ining 30 foizini tuman hokimlariga “Inson" markazlari bilan mahalladagi uy-joy, yo‘l, suv va elektrni yaxshilash uchun ishlatishga ruxsat beriladi.

😮 Ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirish amaliyotidan voz kechiladi. Ularga o‘zini mahallasiga yaqin joydagi uyni ijaraga olishga ruxsat beriladi, xarajatlar davlat tomonidan to‘lab beriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
#taqdirlash

Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan ochiq muloqotda 2024-yil davomida faollik koʻrsatgan bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi.

Telegram 🌐Website   Instagram 📱 Facebook
#taqdirlash

Xabar berganimizdek, Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Unda hokim yordamchilari bilan 2024-yil davomida amalga oshirgan ishlar sarhisob qilindi hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, joriy yil davomida faollik koʻrsatgan bir guruh hokim yordamchilari taqdirlandi.


Telegram 🌐Website   Instagram 📱 Facebook