Оhangaron shahar hokimligi
11.4K subscribers
44.2K photos
2.83K videos
70 files
9.97K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#giyohvandlik_yomon_illat

Yaqinda, Ohangaron shahar MMTBda shahar prokurori yordamchisi Sh. Zulfiyev boshchiligida hamda shahar hokimligining Bolalarni himoya qilish sho'ba mudiri N.Yuldasheva ishtirokida "Giyohvandlik- yomon illat" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

📌 Yoshlar o'rtasida giyohvand moddalar iste'molini oldini olish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda asosan, giyohvandlikka qarshi kurash chorlarini yoshlar o‘rtasida keng targ’ib qilish va ularni sog’lom muhitda tarbiyalashga e'tibor qaratildi.
   
Tadbir davomida, "Og‘u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar yetkazadi. Asr vabosi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, nochorlikda yashashga majbur etadi. Oqibati esa, albatta, ayanchli yakunlanadi. Natijada jinoyatga qo‘l urishga majbur bo‘ladi", – dedi soha mutaxassislari.

@ohangaronshahar
👍6🤔2😭2