Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.75K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik
#jarayon

“Open budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan ta’lim muassasalarda qurilish, ta’mirlash, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

⚡️Shahrimizdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda.

Muassasani foydalanishga topshirish uchun jadal ishlar amalga oshirilib, ayni damda pardozlash ishlari yakuniy jarayoniga yetmoqda.

🖇Ta’mirlash jarayonlari uchun qariyb 1360,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha Yagona buyurtmachi xizmati DUK tomonidan tashkil etilgan.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Hokim mahallalar kezganda...

Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev shahardagi aholi xonadonlarida bo‘lib, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar ulardan aholi qay tarzda foydalanayotganini o‘rgandi.

⚡️Shuningdek, migrantlar bilan ham muloqot qildi. Aholi daromadlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Batafsil videolavhada
#Jarayon

Ayni damda “Xorijdagi Ohangaronliklar” guruhida migrantdagi fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilmoqda.

Muloqotda viloyat hokimi o‘rinbosari, shahar hokimligi mutasaddilari ishtirok etmoqda!


@ohangaronshahar
#Jarayon

Profilaktika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurorining o’rinbosari S.Agzamov boshchiligida shahar IIB tergov bo’linmasi tergovchilari bilan jinoyat ishlari muhokama qilindi hamda zaruriy ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
#Jarayon

Respublikamiz hududida otkazib kelinayotgan "Yongin xavfsizligi oyligi" doirasida Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan ishlab chiqarish korxonlarida yong'in xavfsizligi qoidalari, yong'in sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi hamda birlamchi yong'in o'chirish vositalaridan foydalanish tartibi haqida ishchi-xizmatchi xodimlariga yo'riqnoma va tushuntirish ishlari o'tkazildi.

Shuningdek, is gazidan zaharlanish holatlari va oqibatlari bo'yicha ma'lumotlar yetkazilib, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha targ'ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi