Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
41.7K photos
2.69K videos
69 files
9.5K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#shukuh

Ohangaronda “Xon atlas” festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

⚡️Ko‘chadami, jamoat transportidami milliy libos kiygan qizlarni ko‘rsangiz ajablanmang, shahrimizda “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tmoqda!

Bugun shahrimizdagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ushbu festival bo‘lib òtmoqda.

📎Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan  xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analarini namoyon etgan ushbu festivalda barcha xodimlar, òquvchilar a'lo kayfiyatda qatnashdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish bo'yicha Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'ining o'rinbosari leytenant Mirazaxalilov Mirzabexzod Mirzapo'latovich ishtirokida brifing.‌‌

#Брифинг

Брифинг с участием заместителя начальника Охангаронского городского управления по чрезвычайным ситуациям лейтенанта Миразахалилова Мирзабехсода Мирзаполатовича по вопросам свободного осенне-зимнего сезона.‌‌

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Dam_olish_kunlarida

Gulxan atrofida gurunglar‌‌

Shahrimizda faoliyat boshlagan 24/7 soatli ko‘chaga yoshlar yetakchilari jam bo‘lishib, bir gulxan atrofida “yoshlik olovi”ni yoqishdi.

🔥Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev ham Gulxanning boisini bilish uchun hozir bo‘ldi. Bu yerda shahrimiz yoshlari o‘zlarining iste’dodlarini namoyon qilmoqda edi...


Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Quyoshli_xonadon

⚡️⚡️⚡️ Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

Subsidiyani “Солиқ” мобил иловасининг  ”Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#Quyoshli_xonadon

⚡️⚡️⚡️ Quyosh panellarini o‘rnatganlar uchun beriladigan imtiyoz va afzalliklardan xabardormisiz?

Quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatganlar uchun beriladigan imtiyoz va afzalliklar quyidagilardan iborat:

Quyosh panellarini uydan chiqmagan holda onlayn xarid qilish mumkin. Buning uchun https://energymarket.uz/ platformasiga kirib, xohlagan kompaniyadan, xohlagan quvvatdagi qurilmalarga buyurtma berish kifoya.

Jismoniy shaxslar quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil muddatga foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishlari mumkin.

Bunda, 5 kilovattgacha quyosh panellari va 200 litrgacha bo‘lgan quyosh suv isitish qurilmalarini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash (rassrochka) imtiyozlari asosida beriladi.

Fuqarolar ushbu qurilmalarni to‘liq xarid qilinganlarida quyosh panellari xarajatlarining BHMning 20 barobarigacha (6,8 mln so‘m) va quyosh suv isitish qurilmalarining BHMning 7 barobarigacha (2,4 mln so‘m) qismiga Energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya ajratiladi.

Ushbu qurilmalarni o‘rnatganingizdan so‘ng, elektr ta’minoti korxonasi bilan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolashingiz mumkin.

Agar xonadoningizga 5 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasini o‘rnatsangiz, bu sizga o‘rtacha 30 mln so‘mga tushadi va u bugungi kundagi tarif bilan hisoblaganda o‘rtacha 4 yilda o‘zini qoplaydi. Keyingi 16 yil quyosh stansiyasidan chiqqan elektr energiyasiga pul to‘lamaysiz.

Quyoshli xonadan dasturi asosida xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini elektr ta’minoti korxonasiga sotib Soliq.uz ilovasi orqali daromad olishingiz mumkin. Bu tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va buning uchun hech qanday soliq to‘lamaysiz.

Elektr ta’minoti korxonasi xonadon egasidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirgan elektr energiyasining har bir kVt⋅soatini 1000 so‘mdan sotib oladi.

Quyosh panellari o‘rnatgan (o‘rnatilgan yer maydoni uchun) jismoniy va yuridik shaxslar 3 yil davomida yer va mulk solig‘idan ozod bo‘ladilar. Shuningdek, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega akkumulyatorlar bilan o‘rnatilgan bo‘lsa — 10 yil davomida er va mulk solig‘idan ozod etiladi;

Hozirgi o‘rnatilgan zamonaviy elektr hisoblagichlar ikki tomonlama hisoblaydi. Ya’ni, xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini elektr ta’minoti korxonasiga sotganingiz va elektr ta’minoti korxonasidan olganingizni hisoblab beradi.

Bu boradagi barcha jarayonlarni (quyosh panelingiz orqali ishlab chiqarish, soatlik, kunlik, oylik iste’molingiz, ortiqchasini tarmoqqa uzatayotganingiz, qabul qilganingiz va boshqalar) qo‘l telefoningizdagi maxsus ilova orqali onlayn ko‘rib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#Diqqat_qiling

⚡️⚡️⚡️ Joriy yilning iyul oyida quyosh panel o‘rnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 nafar fuqaroga 1 mlrd 399 mln 564 ming so‘m to‘lab berildi

Davlat soliq qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida 4 ming 986 nafar fuqaro o‘z xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarib, iste’moldan ortgan 4 mln 815 ming 922 kVt⋅soatlik qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotgan.

Har bir kVt⋅soat elektr energiyasi 1000 so‘mdan sotib olinadigan ushbu hajm jami 4 mlrd 815 mln 922 ming so‘mni tashkil qilgan va tegishli summa Davlat soliq qo‘mitasining “Солиқ” мобил иловаси orqali yuqoridagi fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.

Birgina iyul oyida quyosh panel o‘rnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining iste’moldan ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 ta xonadonga 1 mlrd 399 mln 564 ming so‘m to‘lab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur subsidiya mablag‘lari soliq organlari tomonidan har oyda “Солиқ” мобил иловаси orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar (iyul oyining subsidiyasi 25 avgustgacha) fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
❣️Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasida 18-sentabr kuni soat 10-00 dan 14-00gacha "Beg'araz donorlik kuni" o'tkaziladi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:

1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste’mol qilmasligi;
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste’mol qilmasligi;
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
5. Sariq kasalga chalinmaganligi va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.

🩸Qon — bu hayot, sizning qoningiz ko‘plab insonning hayotini asrab qolishi mumkin.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari 86 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 267 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 4790 ta (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari 13 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 257 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 689 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 1993 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 3 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 28 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 114 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 446 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari 113 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 3405 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 24 ta (Ko'rish)
🔷Boshqa mulklar 221 ta (Ko'rish)

E-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

📹 Видео кўлланма

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Bizning_yoshlar

Toshkent viloyati Bekobod shahrida sportning Taekvondo VT sport turi bo'yicha Respublika musobaqasiga saralash bosqichi, Toshkent viloyati chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada Ohangaron shahar sport maktab sportchilari jami hisobda;
🥇-5 ta oltin
🥈- 5 ta kumush
🥉-4 та bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Respublika musobaqasida shahrimiz yoshlariga omad yor bo'lsin!

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-AUKSION SHOP" da nimalar sotish yoki sotib olish mumkin ?

🔹Ko'chmas mulklar (Ko'rish)
🔹Avto va mototransport (Ko'rish)
🔹Telefonlar va gadjetlar (Ko'rish)
🔹Noutbuk, monoblok va kompyuterlar (Ko'rish)
🔹Iqlim texnikasi (Ko'rish)
🔹Maishiy texnika (Ko'rish)
🔹Uy va ofis uchun tovarlar (Ko'rish)
🔹Mebel (Ko'rish)
🔹Idish-tovoqlar (Ko'rish)
🔹Geymerlar uchun tovarlar (Ko'rish)
🔹Kiyim, poyabzal va aksessuarlar (Ko'rish)
🔹Bolalar uchun tovarlar (Ko'rish)
🔹O'yinchoqlar, sovg'alar va aksessuarlar (Ko'rish)
🔹Sport va dam olish (Ko'rish)
🔹Kitob va Darsliklar (Ko'rish)
🔹Televizor kabellari va adapterlari (Ko'rish)
🔹Boshqa mulklar (Ko'rish)

O'z mulkingizni "E-auksion shop" elektron savdo do'koni orqali soting va sotib oling!

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ижтимоий_ролик

⚡️Халқпарвар

Ушбу ижтимоий ролик бир нафас тўхтаб, мулоҳаза қилишимиз учун...

Бугун давлат хизмати учун миллионлар ичидан биз танландик! Кимдир учун "давлат хизмати" шунчаки тушунча! Лекин турли соҳаларда садоқат билан ишлаётган кадрлар бу соҳанинг залворини, шарафли йўл эканлигини яхши англашади. Бугун шундай юзлаб, минглаб давлат хизматчилари сабаб, турмушимиз фаровон!

Баъзан, гўёки ҳаммаси аввал ҳам бўлган ёки бўлиши шарт деб ўйлаймиз. Аслида буларнинг тагида минглаб давлат хизматчиларининг кўринмасдек туюлган меҳнати мужассам бўлади.

Ҳурматли давлат хизматчиси, ушбу видеоролик сизни янги мақсадлар, янада ривожланиш, халқимиз билан ҳамфикр бўлиб, шижоат билан ишлашга ундашига ишонамиз!

◽️Full формат.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat