Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.88K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
⚡️ Kecha Qatarda texnologiyalar bo‘yicha jahondagi eng yirik veb-sammit “Web Summit Qatar 2024” bo‘lib o‘tdi.

Investorlar, jurnalistlar, hamkorlar va boshqa ekspertlar so‘nggi  innovatsiyalar hamda texnologik trendlar, jumladan, sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar va barqaror o‘sish masalalarini muhokama qildilar.

Texnologiyalar yordamida bugungi kunimiz, kelajagimiz jadal va muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Ammo barcha uchun porloq kelajakka erishishni istasak, hamkorlikdagi loyihalarni va global maqsadlar yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoq zarur.


🌐
@ohangaronshahar
⚡️ Bugun Ohangaron shahar prokurori T.T.Karimov “Shahardagi huquq-tartibot organlari tomonidan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash” bo’yicha shahardagi huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari va xodimlari bilan tanqidiy yig‘ilish o’tkazdi va unda 7 toifaga bo’lingan yoshlar bilan manzilli ishlash bo’yicha aniq ko’rsatmalar berildi va topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.


🌐
@ohangaronshahar
#Live

Chirchiqda taʼlim Kengashining yigʻilishi oʻtkazilmoqda

Ayni paytda Chirchiq shahrida viloyat Taʼlim kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, sektor rahbarlari qatnashmoqda.


🌐 @ohangaronshahar