Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Yetim va ota-ona qaramogʻisiz boʻlgan yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi taʼkidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum boʻlgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.

Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar roʻyxati shakllantiriladi, ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi. Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar 140 milliard soʻmga yetkaziladi.

Mutasaddilarga 1-iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash
topshirildi.


@ohangaronshahar
Voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh bilan bogʻliq kelajak avlod salomatligiga salbiy taʼsir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zoʻravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirildi. Lekin bunday holatlar hali ham uchrab turibdi.

Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar reabilitatsiya bilan yetarlicha qamrab olinmagani qayd
etildi.


@ohangaronshahar
Ayollar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi belgilandi.

Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinadi.

Har bir tuman shifoxonasida zoʻravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi.

Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Yigʻilishda soha uchun masʼullar va hududlar rahbarlarining hisoboti
tinglandi.


@ohangaronshahar
Rasmiy ma’lumot

Bugun, 20-fevral kuni tahminan soat 08:00 larda Olmaliq shahar Sanoat zonasi hududida joylashgan yangi qurilayotgan “3-sonli Misni boyitish fabrikasi”da birlamchi ma’lumotga ko‘ra temir konstruksiyalari surunkali qor yog‘ishi natijasida qulab tushgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida voqea joyida quruvchi kompaniyasining 32 nafar ishchilari (barchasi 🇮🇳Hindiston fuqarolari) jabrlangan, ulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida o‘rganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ul tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhi tuzilgan.


@ohangaronshahar
Forwarded from Sunnat Saparaliyev 🇺🇿 (Sunnat Saparaliyev)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig'ilishda dunyoqarashni o'zgartirish kerakligi va farzandlar uchun sharoit yaratishga ko’proq urg’u qaratish lozimligini ta’kidladi.


Kanalga ulanish:⤵️
https://t.iss.one/Sunnat_Saparaliyev_1222
Kun qahramonlari

❄️ Havo harorati pasayib, qor yog‘ishi natijasida transport qatnovi yo‘llari ham qor bilan qoplandi. Bu esa haydovchilar va piyodalar qatnoviga noqulaylik tug‘diradi.

⚡️ Shu bois Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasi barcha xodimlari shahrimizning markaziy hamda ichki ko‘chalariga qum va tuz aralashmasi sepishga hamda qorlarni tozalashga jalb etildi. Endilikda bu fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati sabab noqulay ob-havo sharoitida ham yo’llarda qiyinchiliksiz harakatlanish mumkin.


@ohangaronshahar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-sonli Qarori ijrosi yuzasidan bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi tomonidan shahar "Vatanparvar" tashkilotida ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati o'rganildi. O'rganish davomida tashkilotda faoliyat yuritayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul xodimga sohani rivojlantirish bo'yicha bilim, ko'nikmalar  berildi.


@ohangaronshahar