Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏗 Juma - qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

⚡️ Bugun Ohangaron shahrida aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida shaharda joylashgan mahallalardagi qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.


@ohangaronshahar
⚡️ Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki va Fargʻona viloyati maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.

Yoshlar Texnoparkida ishlab chiqilgan loyiha ”Kimyo fani labaratoriyasini virtual reallik asosida oʻrgatuvchi dastur” loyihasi yuzasidan Fargʻona viloyati maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimi boshqarmasi boshligʻi 1-oʻrinbosariga taqdimot boʻlib oʻtdi.
Taqdimot yakunida dasturni viloyat miqyosida keng jalb qilish yuzasidan kelishuvlar olib borilmoqda.


@ohangaronshahar
🎉 TABRIKLAYMIZ!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati Ohangaron shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Yo‘ldosheva Charos Faxritdinovnani tavallud ayyomi bilan samimiy qutlaymiz.

Hurmatli, Charos Faxritdinovna!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va  oilaviy baxt tilaymiz. Ohangaron shahrining ravnaqi,  ijtimoiy rivojlanishi va ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritishi yo'lidagi xizmatlaringizda omad va ulkan zafarlar yor bo'lsin!

🏢 Ohangaron shahar hokimligi jamoasi.


@ohangaronshahar
💼 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 67-sessiyasi bo'lib o'tdi.

📑 Sessiya ishini Ohangaron shahar Kengashi raisi v.v.b J.Sodiqov olib bordi.

📌 Sessiyada shaharda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar masʼullarining axborotlari tinglandi. Eshitilgan hisobotlar tahliliy muhokama qilindi.

📁 Kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan Ohangaron shahar Xalq qabulxonasi mudiri M.Ibrohimovning axboroti tinglandi.

Shuningdek, Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasi rahbari N.Xoliqov, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A.Xamrayev,
Shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Sh.Ismatovaning axborotlari eshitildi.

🔖 Sessiyada 10 ga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama etilib, Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.


@ohangaronshahar
⚡️ Bugun Ohangaron shahar hokimligi Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar, sababsiz darslarga qatnashmay yurgan oʻquvchilarni taʼlimga jalb etish hamda ota-onasi bilan xorijga chiqib ketayotgan voyaga yetmaganlarni oʻquvchilar safidan chiqarish boʻyicha masalalar muhokama qilindi. Muhokama jarayonida 3 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasi farzandlari tarbiyasiga eʼtiborsizligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 47-moddasi bilan jarima jazosi tayinlangan, 2 nafar voyaga yetmaganlar yakka tartibda ish olib borish uchun profilaktik roʻyhatga olindi.


@ohangaronshahar