Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.85K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Kuni kеcha shahar hokimligi binosida Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya raisi o‘rinbosari Z.Karimov olib bordi. Yig'ilish kun tartibi bo‘yicha ta'lim muassasalarida yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar masalalari muhokama qilindi. Muhokama jarayonida kasb-hunar maktabi, 3-umumta'lim maktabi, Nurobod kasb-hunar maktabi o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida ikki holatda voyaga yеtmagan o‘quvchi yoshlarning ustozlariga nisbatan qilgan hurmatsizlik, yana ikki holatda o‘quvchilarning sababsiz darsga qatnashmaganligi sabab bo‘lgan. Quyidagi barcha holatlarda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi e'tiborsizliklari, o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasliklaridan kеlib chiqqanligi aniqlandi. Soha vakillari tomonidan 5 nafar ota-ona O‘zbеkiston Rеspublikasining Majburiy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodеksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortildi.

@ohangaronshahar
#Ona_tilim_faxrim

Iloq MFY yoshlar yetakchisi A.Tursunov 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “Til millat ko‘zgusi”,“Ona tilim-ezgu yo‘lim” mavzularida yoshlar bilan suhbatlashdi. Mahalla yoshlari ishtirokida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini 34 yilligi munosabati bilan chellenj o'tkazdi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#yashil_makon

Yurtimiz bo‘ylab keng miqiyosda olib borilayotgan, ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, hududlarni  koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida Ohangaron shahrida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda shahrimizdagi "Yoshlik" MFYda barpo etilayotgan 4 gektarlik yashil maskanda shahar hokimi o‘rinbosari Furqat Tadjimetov boshchiligida "Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt o‘tqazish uchun joy hozirlanmoqda.

Ushbu hasharda barcha korxona va tashkilotlar mas'ullari ishchi-xodimlari faollik ko‘rsatib, shahrimiz hududining obod bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
⚡️ Ohangaron shahrida 2023/2024-yillarda kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish va “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 7/24 soat ish rejimida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “SHAHAR SHTABI” tashkil etilgan.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:

🏢 Ohangaron shahri hokimligi markaziy shtabi,
☎️ +998 70-645-31-72 (24 soat),
☎️ +998 70-645-11-49 (24 soat).

🏢 Ohangaron shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i B.Fozilхonov-
📱+998 90-317-17-05;
Bosh mutahassis Sh.Usmanova-
📱+998 90-903-17-87.

🔥 Ohangaron shahar Gaz ta’minoti filiali boshlig‘i Sh.Mamadaliyev
📱+998 98-306-01-03;
☎️ 104

⚡️ Ohangaron shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i I.Qayumov
📱+998 99 400-24-72;
☎️ +998 70 645-32-00,
☎️ +998 70-645-35-00.

🚰 Ohangaron shahar Suv ta’minoti filiali rahbari G‘. Egamberdiyev
📱+998 98 301-27-76;
☎️ +998 70 645-10-26.

🔹 “Ohangaron issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonasi muhandisi K.Bakirov
📱+998 93 628-65-63.

🚒 Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Qo'ziboyev
📱+998 99-815-84-51;
☎️ 101, 1050.


Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌