Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#yashil_makon

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoеv raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatlarini to'liq ishga solish hamda "Yashil makon" kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan o'tkazilgan vidеosеllеktor yig'ilishida 25 oktyabrdan 1 dеkabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” deb e'lon qilindi. Belgilangan ushbu vaqt oralig‘ida yurtimiz bo‘ylab, 85 million tup ko'chat ekish rеjalagtirilgani ma'lum qilindi.

Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida barcha korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida "Yoshlik" MFY hududida davlatimiz rahbari topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida "Yashil makon" aksiyasiga start berildi.

Unda joriy mavsumda ekiladigan ko‘chatlar uchun joy hozirlanmoqda. Bu aksiyada shahrimizdagi korxona va tashkilotlardan 800 nafarga yaqin ishchi-xodimlar bosh qo‘shishmoqda. Ular o‘zlarining atrof-muhit va ekologiya barqarorligini ta'minlash yo‘lida befarq emasliklarini amalda namoyon etmoqda.

@ohangaronshahar
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

☑️ Қонунчиликка кўра, умумий касаллик туфайли бериладиган ногиронлик пенсиялари ногиронлик бошланган пайтга қадар юқоридагича иш стажига эга бўлган тақдирда тайинланиши белгиланган. 👆

▶️ Меҳнатда майибланганда ёки касб касаллигига учраганда бериладиган ногиронлик пенсиялари иш стажидан қатъи назар, тайинланади.

📋 Шунингдек, 20 ёшга тўлгунга қадар умумий касаллик туфайли иш даврида ёки ишлаш тўхтатилганидан кейин ногиронлиги бўлган шахс деб топилган фуқароларга пенсиялар иш стажидан қатъи назар тайинланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Yoshlar_ishlari_agentligi

Biz bilan yurtimiz obodligini ta'minlashga o'z hissangizni qo'shing!

Bugun "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi xodimlari mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekish, mahallalar ozodaligini ta'minlashga qaratilgan Ekologik aksiyada ishtirok etmoqdalar! Hurmatli yoshlar, sizlar ham bizga qo’shiling!

Yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shaylik!

Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi

@ohangaronshahar
#faxr

Ayni damda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan Xalqaro ilmiy-amaliy MDH ko'rik tanlovining 3-turi 1-bosqichida, Ohangaron shahar hokimligi Umumiy bo'lim mudiri Aliyev Shohonbek Abdixakim o'g'li g'oliblikni qo'lga kiritib faxrli unvon bilan taqdirlandi.

Aliyev Shohonbek Abdixakim o'g'lini ushbu unvon bilan Ohangaron shahar hokimligi jamoasi nomidan tabriklab, kelgusidagi ish faoliyatlariga omad tilaymiz !

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
UNWTO Bosh assambleyasi sessiyasi dunyo hamjamiyatining Oʻzbekistonga boʻlgan eʼtiborini kuchaytiradi

16–20-oktyabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, 2021-yilda Ispaniyada boʻlib oʻtgan UNWTO Bosh assambleyasida Oʻzbekiston nomzodi Portugaliya va Misr mamlakatlari bilan raqobatda gʻolib boʻlgan.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#faxr

Bugun Toshkent shahrida o'tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy MDH ko'rik tanlovining 3-turi 1-bosqichida, Ohangaron shahar Madaniyat va turizm bo’limi to’garak va jamoalar mutaxassisi Abdulhamidov Samandar
g'oliblikni qo'lga kiritib, faxrli unvon bilan taqdirlandi.

Abdulhamidov Samandarga ushbu unvon muborak bo‘lsin! Kelgusi ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz! Yutuqlari bardavom bo‘lsin.

Ohangaron shahar Madaniyat va turizm bo‘limi jamoasi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram‌‌
#огоҳлантириш

Ҳурматли ҳамшаҳарлар, бугун солиқ тўлашнинг охирги куни!

❗️Бугун жисмоний шахслар учун мол-мулк ва ер солиғини тўлашнинг охирги куни

Солиқ кодексининг 423- ва 440- моддаларига мувофиқ, жисмоний шахслар мол-мулк ва ер солиғини 15 апрель ва 15 октябрга қадар тенг улушларда тўлаши лозим.

Бироқ, 15-октабр дам олиш (якшанба) кунига тўғри келганлиги сабабли, солиқ қонунчилигига кўра ушбу санада тақдим этилиши ва тўланиши белгиланган ҳисоботларни тақдим этиш ва солиқларни тўлашнинг охирги муддати 16-октабрга кўчирилади.

Солиқдан қанча қарзингиз борлигини қандай билса бўлади? Қарзни қандай тўлаш мумкин?

Бу жуда осон. Ҳозир замон ривожланиб кетган, бунинг учун қаергадир бориш шартмас, бемалол онлайн амалга ошириш мумкин.

Бунинг учун телефонингизга 📱Soliq мобил иловасини юклаб олинг ёки my.soliq.uz сайтига киринг.

Soliq
иловасида "Солиқларни тўлаш" бўлими танланади ва қарз миқдори аниқланиб, тўлов амалга оширилади.

Оҳангарон шаҳар солиқ инспекцияси

@ohangaronshahar
#Taʼziya
#Hamdardlik


Ohangaron  shahar hokimi Akrom Eshonqulovning qaynotasi Ziyodulla otaning bevaqt vafoti munosabati bilan marhumning barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Otamizning yaqinlariga Tangridan sabr-qanoat soʻraymiz!

Janoza vaqti ertaga soat 10:00 da.

Manzil: Oqqoʻrgʻon tumani, Navoiy hududi Oytamgʻali qishlogʻi.

@ohangaronshahar
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан 17-18 октябрь кунлари “Бир макон, бир йўл” учинчи халқаро форуми тадбирларида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Пекин шаҳрида бўлади.

По приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 17-18 октября посетит город Пекин с рабочим визитом для участия в мероприятиях третьего Международного форума «Один пояс, один путь».

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #forum

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter