Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
41.9K photos
2.69K videos
69 files
9.51K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Profilaktika_kuni

Profilaktika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori o‘rinbosari L.R.Zaripov JKning 168-moddasi bilan, IJQK departamenti Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i A.Fayziev JKning 168, 211-moddasi bilan, MIB boshlig‘i N.Zuparov JKning 122-moddasi bilan, prokuror katta yordamchisi B.A.Buxarov JKning 167-moddasi 2-qismi "b,v" bandlari bilan, prokuror katta yordamchisi Sh.R.Zulfiev JKning 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan, prokuror yordamchisi Sh.Sh.To‘raqulov JKning 131-moddasi 2-qismi bilan, prokuratura tergovchisi Sh.B.Davranov 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va hududdagi jinoyatchilik ahvolini mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida muhokama qilishib, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
QAROR VA IJRO
# Toshkent viloyati Ohangaron shahar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi ko‘cha va tashkilotlarning nomlari, peshlavha, reklama va e’lonlardagi, shuningdek avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga, qonunchilik hujjatlariga hamda milliy qadriyatlarga mos, bexato yozilganligini o‘rganilishi va tartibga solinishi yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida  joriy yilning 8-sentabr kuni Ohangaron shahrida viloyat ishchi guruhi hamda  shahar ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tashqi reklama vositalarining holatlari boʻyicha oʻrganish o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish davomida ayrim tashqi yozuvlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emasligi aniqlanib, tushuntirish ishlari olib borildi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Bugun “Birlik” MFY 1-57-4-xonadonga Toshkent viloyati hokimligi ko‘magida boquvchisi ota-onasini yo‘qotgan farzandimiz 27  yoshli Nishanboyev Shaxro‘zbekni joylashtirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Viloyat milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik  Faxriddin Abdullayev va viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi, shahar hokimligi xodimlari, mahalla mas’ullari ishtirok etishdi. Tadbir davomida yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Farzandimiz Nishonboyev Shahro‘zbekka xonadon kaliti tantanali ravishda topshirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Xushxabar
#sport

Yaqinda Qozogʼistonning Qiziloʼrda shahrida boks boʼyicha 2006-2007 yillarda tugʼilgan oʼsmirlar oʼrtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro turnirda oʼzbekistonlik yosh charm qoʼlqop ustalari ham ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga koʼra, vakillarimiz 3 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʼlga kiritishdi.

Quvonarlisi shunda-ki, ularning orasida hamshahrimiz Mirzakamron Yunusov ham bor. U 71 kg vazn toifasida ringga tushib, raqiblarini magʼlub etdi va shahrimizga oltin medal bilan qaytdi.

Engilmas sportchimizni mazkur gʼalaba bilan muborakbod etamiz!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#bildirish

Toshkent viloyati Ohangaron shahar  prokurori hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik  komaklashish bo‘limi  tashabbusi  bilan  2023-yil  12-sentyabr kuni  soat 10-00da  Ohangaron  shahar 2-sektor binosida  kollej, kasb hunar maktabi, texnikum, maktab va oliy ta'lim  bitiruvchilari,  harbiy  xizmatni  o‘tab  qaytganlar, harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a'zolarini  hamda ishga joylashishga muhtoj ish izlovchi xotin-qizlarni bandligiga ko‘maklashish maqsadida  bo‘sh  ish  o‘rinlari  “Mehnat yarmarkasi" o‘tkazilishi belgilangan.

Yarmarkada ishtirok eting va o'zingizga munosib ishga joylashing !

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram