Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
42.1K photos
2.7K videos
69 files
9.55K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#qaror_va_ijro

Joriy yilning 27- iyul kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan shahardagi noqonuniy o'rnatilgan reklamalar hamda imloviy kamchiliklar bilan yozilgan peshlavha va axborot matnlari o'rganilib, bartaraf etish choralari ko'rildi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tube | Instagram
#ma’naviyat

❇️
Joriy yilning 27-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli Qarori ijrosini ta'minlash, yoshlarni intellektual jihatdan kamol topishini va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash, shuningdek kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar IIB va shahar Yoshlar ishlari agentligi bo'limi bilan hamkorlikda shahar 3-sektor hududida joylashgan Yangilik, Shodlik, Orzu va Iloq MFY yoshlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

O'yin natijalariga ko'ra,
1-o'rinni "Yangilik" MFY
2-o'rinni "Shodlik" MFY
3-o'rinni "Iloq" MFY
4-o‘rinni "Orzu" MFY yoshlari qo'lga kiritishdi.

G'olib jamoalar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Ohangaron shahar bo'linmasi hamda shahar IIB tomonidan tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#mehnat_yarmarkasi

Ayni paytda Ohangaron shahar  hokimi, shahar prokurori hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka  komaklashish bo‘limi  tashabbusi  bilan "Qo‘rg‘on" MFYda joylashgan, Hunarmandchilik Mikromarkazida "Mehnat yarmarkasi" boshlandi.

Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini  rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇

📱Telegram |Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#mehnat_yarmarkasi

# Bugun, "Qo‘rg‘on" MFY "Hunarmandchilik mikromarkazi"da bo‘lib o‘tgan "Mehnat yarmarkasi" band bo‘lmagan aholi vakillari, ishsiz yoshlar, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytganlar, ishsiz ayollar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning bandligini ta'minlash, va ularni muqim ish joylariga joylash maqsadida tashkillashtirildi.

📌 Bo‘sh ish o‘rinlari "mehnat yarmarkasi" da shahrimizdagi 10 ta korxona va tashkilotlar 400 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlarining 300 tasi mutaxassislik talab etilmaydigan ish o‘rinlari bo‘ldi.

📌 Mehnat yarmarkasi davomida, 10 nafar fuqaroga korxona va tashkilotlarga ishga joylashishi uchun yo‘llanma berildi. 12 nafar xotin-qizlar tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha kasbga o‘qish uchun yuborildi.

📌 Yarmarkada ishtirok etgan 16 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik, kasbga o‘qitish masalalarida maslahatlar berildi.

@ohangaronshahar