Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#yoshlar_siyosati


📌Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining direktorlari bilan uchrashdi.


Yigʻilishda oʻsib kelayotgan oʻgʻil-qizlarning kelgusi taqdiri xususida soʻz bordi.

Shuningdek, shahar hokimi ayrim  maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlari toʻgʻri taqsimlanmayotganini tanqid ostiga olib, bu borada soha vakillariga tizimli ishlashi boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berdi.


📘 Akrom Joʻrayevich yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish, shu orqali yoshlar ishtirokidagi huquqbuzarliklarga barham berilishi lozim ekanini taʼkidladi hamda masʼullarga muhim topshiriqlar berdi.

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati


Kuni kecha shahar hokimligi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishni shahar hokimi, komissiya raisi A.Eshanqulov olib bordi.


  📣Kun tartibida jami 6 ta masala muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.



📘Yig‘ilish jarayonida shahar hokimi, komissiya raisi A.Eshanqulov tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi va 1-4-5-umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasini alohida nazoratga olish, ularga tajribali pedagoglardan murabbiylar biriktirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish yuzasidan mutassaddi tashkilotlarga vazifalar berildi.

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 11-aprel sanasida "Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishdagi topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Bugun 3-sektor binosida Shahar hokimi A Eshanqulovga biriktirilgan 21 nafar  mahalladagi yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.Uchrashuvda 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i ham qatnashdi.

Uchrashuvda  yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shaharda tashkil etilgan to'garaklarga keng jalb etish, yoshlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o'rgatish, hayotda o'zining o'rnini egallashi uchun  har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida yoshlarning  ularning muammo va takliflarini  tegishli bo'lim boshliqlariga ushbu yoshlar bilan manzilli ish tashkil etish  bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar belgilab olindi.

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati

Bugun shahrimizdagi 3-sektor binosida shahar hokimi A. Eshonqulov, sektor rahbari IIB boshligʻi Fayzulla Ismoilov ishtirokida hudud yoshlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📣 Unda sektor hududidagi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, qiynayotgan muammolari yuzasidan masʼullarga murojaat qilishdi.

📘Xususan, yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, banligini taʼminlashga bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi.

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati


Yoshlar bandligi to‘liq ta’minlanadi


Shahrimizdagi Qo‘rg‘on mahallasida “Hunarmandlar mikromarkazi”dagi to'garaklarga yoshlar jalb etilmoqda.

📣 Bugun shahrimizdagi yoshlar yetakchilari mahalladagi ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o'qitish maqsadida hunarmandchilik markaziga "Savatchilik", "Kulolchilik", "Ro'mol to'qish", "Tikuvchilik", "Payvandlash" yo'nalishlari bilan tanishtirish uchun olib borishdi.


@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati
#jarayon

 Bugun shahar hokimi Akrom
 Eshonqulov 
boshchiligida, shahar prokurori To’lqin Karimov, IIB boshlig‘i Fayzulla Ismoilov ishtirokida 
shahrimizda istiqomat qiluvchi
 yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📣 Uchrashuvda yoshlar orasida 
jinoyatchilikka barham berish,
 huquqbuzarliklarni kamaytirish 
zarurligi 
xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, o‘sib kelayotgan 
o‘g‘il-qizlarning kelgusi taqdiriga befarq 
bo‘layotgan shaxslarning
 xatti-
harakati muhokama qilinib, 
yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan
 samarali foydalanishi uchun 
sharoitlar yaratib berish lozimligi 
ta’kidlandi.


📘 Davra suhbatida 15 dan ortiq 
masalalar muhokama qilinib,
 mas’ullarga tegishli topshiriqlar 
berildi.

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati

Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov va sektor rahbarlari boshchiligida shahrimizdagi umumta’lim maktablarining bitiruvchilari ishtirokida "Madaniyat va istirohat" bog‘ida uchrashuv tashkil etildi.


Unda shahar hokimi bitiruvchi yoshlar bilan suhbatlashib, kasb-hunar o‘rganish, qolaversa oliy ta’limda o‘qish zarurligini tushuntirdi.


📘 O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha o‘qishini nufuzli dargohlarda davom ettirish maqsadlari borligini rahbarlarga bildirishdi.

Davra suhbatida yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan soha mas’ullariga yuzlanishdi.

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati
#e’lon


📣 Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov soat 17:00 da xorijga o‘qishga yoxud ishlash uchun ketgan
yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazadi.


Ohangaron shahar
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan suhbat jarayonida ayni dam xorijda yashayotgan ohangaronlik yoshlarning muammolari o‘rganiladi, amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.


Shuningdek, shahar mas’ullari ehtiyojmand migrantlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni, ularni doimiy ishga joylashtirishni, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yetarli sharoitlar yaratishni ta’minlashadi.

Onlayn suhbat uchun manzil bu yerda👇👇👇

https://t.iss.one/+jbtRBf5Q-pozODky


@ohangaronshahar