Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.76K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Toshkent viloyati Ohangaron shahrida O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan shahardagi noqonuniy o'rnatilgan reklamalar hamda imloviy kamchiliklar bilan yozilgan peshlavha va axborot matnlari o'rganilib, bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.


@ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#taqdirlash_marosimi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi  PQ-365 sonli " Saxovat " va " Muruvvat " internat uylari  va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risidagi   qarorning 7-bandida belgilangan topshiriqlar  ijrosini ta'minlash maqsadida, Ohangaron shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan Ohangaron shahar " Saxovat " keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uyida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uyida istiqomat qiluvchi qariyalar uchun,
   🪡🧵 " Tikuvchilik "  yo'nalishi bo'yicha o'quv kursi tashkil etildi va
tikuvchilik yo'nalishi bo'yicha o'quv kursini tamomlagan 5 nafar internat uyida istiqomat qiluvchi qariyalarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
Joriy yil 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar Toshkent viloyati Ichki ishlar organlarida “Maʼnaviyat oyligi” eʼlon qilinganligi munosabati bilan Ohangaron shahar Ichki ishlar bo‘limi hodimlari “Maʼnaviyat oyligi”da kitobxonlik bilan shug‘ullanmoqda.
Bugun shahar Kengashi deputati Jasur Yuldashev shahardagi 1-maktabda 11-sinf o'quvchilari bilan ta'lim olish, huquq va siyosat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, shahar DAN bo'limida "Oxunboboev" ko'chasida haydovchi va piyodalarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek kasb-hunar maktabida PF-6108 va VM-163-sonli qarorlarni ijrosi, bu borada Germaniyaning DUAL ta'lim tizimini kasb-hunar maktabida joriy qilish bo'yicha tegishli mas'ullar bilan suhbatlashdi. Bu borada ishlar samaradorligini oshirish uchun tegishli qonunga muvofiq deputat so'rovi institutidan foydalanildi.

Kanalga ulanish
#yoshlar_siyosati

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 11-aprel sanasida "Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishdagi topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Bugun 3-sektor binosida Shahar hokimi A Eshanqulovga biriktirilgan 21 nafar  mahalladagi yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.Uchrashuvda 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i ham qatnashdi.

Uchrashuvda  yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shaharda tashkil etilgan to'garaklarga keng jalb etish, yoshlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o'rgatish, hayotda o'zining o'rnini egallashi uchun  har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida yoshlarning  ularning muammo va takliflarini  tegishli bo'lim boshliqlariga ushbu yoshlar bilan manzilli ish tashkil etish  bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar belgilab olindi.

@ohangaronshahar