Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Qo‘rg‘on MFY da Ohangaron shahar gaz ta’minoti bo‘limi xamda FVB bo‘limi xodimlari tomonidan ob-havoning sovuq kunlarida gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#INSON_QADRI_UCHUN

Keksalarning borligi biz uchun ulkan baxt-saodatdir. Ularning qilgan duolari tufayli Alloh bizlarni turli balo-ofatlardan saqlaydi.

⚡️Mana bugun ham "Shodlik" MFY hududida Ohangaron shahar Milliy gvardiya xodimlari tomonidan mahalla fuqarolari va yolgʻiz istiqomat qiluvchi nuroniylardan xabar olindi. Hozirgi kunda barchamiz uchun xalq roziligi birinchi o'rinda ekanligini yana bir bor eslatib o'tamiz.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#jarayon

Mehr ulashing” aksiyasi doirasida No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY raisi hamda mahalla faollari va mahallaga biriktirilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari nogironligi bor, kam ta’minlangan oilalar xolidan xabar olib ularning muammolariga birgalikda yechim topishmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Xatlov
#xotin_qizlar

Ohangaron shahar 1-sektor Adolat MFYda 2023-yil 4-bosqich "Ayollar daftari"ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida mahalla  xotin-qizlar faoli hamda mutasaddi tashkilotlardan biriktirilgan ishchi guruh tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar