Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.81K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Qulaylik

Shahrimizdagi gaz bosimi past bo‘lgan “Qo‘rg‘on”, “Yangiobod”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on” mahallalarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘mir zahirasi yaratildi.

Bugungi kun hisobida ushbu mahallalarda gaz bosimi biroz ko‘tarilgan. Shunday bo‘lsada, sovuq kunlarda aholi qiynalmasligi uchun mahallalarga ko‘mir keltirildi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
Ohangaron shahar hududining gaz bosimi past bo'lgan Yangiobod va Qo'rg'on MFYlarda joylashgan aholi uylarining issiqlik tizimi holati o'rganildi.

Shuningdek, Qo'rg'on MFY hududida joylashgan 6-sonli maktabning isitish tizimida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari ko'rib chiqildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulashing

Bugun Yo‘lpatrul xizmati xodimlari va Yoshlar ishlari agentligi xodimlari 1-sektor hududidagi “Adolat”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on” MFYlaridagi ehtiyojmand oilalarga issiqlik pechlari taqdim etishdi.

Batafsil videolavhada


https://t.iss.one/ohangaronshahar
Audio
#дайжест

Қиш қишлигини қилмоқда. Бироқ ташқаридаги совуқ ҳавога қарамай вилоят ёшлари етакчиси Миразиз Мирсултонов бошчилигида туман ва шаҳарлар йигит-қизлари янаям жипслашиб, якдиллик билан эзгу ишларни бошлаб юборишган. Дайжестимиз шу ҳақида!

Ёшлар ишлари агентлиги. Тошкент вилоятида  "Меҳр улашинг" акцияси старт олди.

Оққўрғон тумани.Маҳаллаларда фаолият олиб бораётган ёшлар етакчилари йўл патруль ходимлари ҳамда ободонлаштириш ходимларига иссиқ кофе улашди.

Зангиота тумани. "Эркингузар", "Туркистон" ва "Эшонгузар" маҳаллаларидаги кўмакка муҳтож фуқароларга иситиш печлари ва озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилди.

Қибрай тумани. Ёшлар етакчилари тиббиёт бирлашмасида ҳашар ташкил қилишди. Шунингдек улар томонидан "Инсон қадри учун" шиори остида Қибрай ва Чирчиқ йўналишида бепул транспорт акцияси ўтказилди.

Янгийўл тумани. Ёшлар ишлари агентлиги ҳамда ҳокимлик ҳамкорлигида кам таъминланган, боқувчисини йўқотган, ногирон ҳамда ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларга ош тарқатилди.

Янгийўл шаҳри. "Ишчилар" маҳалласи ёшлар етакчиси томонидан ижтимоий ҳимояга муҳтож оила вакиллари ҳолидан хабар қилинди.

Ангрен шаҳри. Довонга туташ йўлларда қолиб кетган инсонларга ёшлар етакчилари томонидан  ёрдам кўрсатилди.

Паркент тумани. Ёшлар етакчилари томонидан тарқатилган иссиқ кофе ва ширинликлар Ободонлаштириш бўлими ходимлари ҳамда зарурат юзасидан кўчага чиққан одамлар томонидан илиқ қабул қилинди, қўллар дуога очилди.

Оҳангарон шаҳри. "Бахт", "Ёшлик", "Адолат", "Нўғойқўрғон" маҳаллаларида ош дамланиб, етакчи ва кўнгилли ёшлар томонидан ногиронлар, нуронийлар бор хонадонларга етказилди.

Бу каби хайрли амаллар ҳар бир туман ва шаҳарда давом этмоқда. Аҳамиятлиси, ёшлар бу жараёнда жудаям фаол.

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 1-sektor yoshlar yetakchilari tomonidan hududdagi yolg‘iz yashovchi qariyalar,  nogironligi bor oilalarning holidan xabar olinib, hol so‘raldi.

❇️Sovuq kunlarda ko‘chaga chiqmasdan, xizmat bo‘lsa yoshlar yetakchilariga murojaat qilishi mumkinligi aytildi.

💫Oltin olma duo ol. Yolg‘iz yashovchi qariyalarimizni bir kosa osh bilan yo‘qlar ekanmiz, ularning  xursandchiligi, samimiy aytilgan rahmat va chin dildan qilingan duoga hech narsani alishtirib bo‘lmaydi.

🧔‍♂👵Duogo‘ylarimiz omon bo‘lishsin!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri uchun
4-sektor yoshlar yetakchilari

⚡️ Ohangaron shahar 4-sektor hududida joylashgan "Yangiobod" mahallasi hodimlari va 4-sektor yoshlar yetakchilari sovuq kunlarda hamyurtlarimizga madadkor bo'lish maqsadida, qolaversa, yurtimizda inson qadri naqadar ulug' ekanligini har bir inson his qilishi uchun "Mehr ulashing" aksiyasini davom etmoqda.

🔥Ob-havo injiqligi yurtdoshlarimizga bir oz noqulayliklar yaratishini inobatga olib, "Yangiobod" mahallasida yashovchi yolg'iz qariyalar holidan xabar olindi. Yoshi ulug'larimiz yurtimizni tinchligi ko'z tegmasin deb duolar qilishdi.
#Mehr_ulashing

Ohangaron shahar Оila va xotin-qizlar bo’limi Oxunboboyev MFY, Baxt MFY xotin-qizlar faollari, hamda Ohangaron shahar IIB mayori N.Karimxoʼjayevalar "Inson qadrini ulugʻlaylik" shiori ostida mahalladagi yolgʻiz qariyalardan xabar olishdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar