Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#DIQQAT_DIQQAT... E'LON...
#Ohangaron_shahar
#4-sektor_rahbari_kubogi
#Stol_tennis_yo'nalishi
#03_11_2022
🏓Stol tennisi-kichik koptok va raketkalar bilan stolda o'ynaladigan sport o'yin.

⚡️⚡️⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan.......

Yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 3-noyabr kuni soat 11:00 da mahalladagi  yoshlar o'rtasida  4-SEKTOR RAHBARI A.MO'MINOV KUBOGI bo'lib o'tadi.

Bunda sportning Stol tennisi bo'yicha 10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishadi.
🏆G'oliblar qimmatbaxo esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

☺️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.G'olib bo'ling..
Manzil:Ohangaron shahar ixtisoslashgan maktabi.
Mo'ljal:Ohangaron shahar 9-maktab yonida


OHANGARON SHAHAR YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI
#Taraddud
#qaror_va_ijro

Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yaratish muhim masala

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-oktyabrdagi 587-sonli qarorida belgilangan qish-bahor mavsumida aholini va ijtimoiy soha tashkilotlarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Ohangaron shahrida ham maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahrimizdagi “RUBBER TICHNICAL PRODUCTS” XK xodimlari uchun tashkilot tomonidan 50 kg kartoshka, 30 kilo piyoz mahsulotlari tarqatildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Toshkent viloyati Ohangaron shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida 11- noyabr O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O'zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo'mitasi va O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 7-60 c va 47 q/q- sonli qo'shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlovga Ohangaron shahar XTB amaliy fanlar metodisti F.Jo'rabekov, ma'naviy-axloqiy tarbiya bo'limi rahbari Ch.Yo'ldoshevalar hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etishdi.

Maktab direktori I.Xamrayev tadbirni ochib berib, o'quvchilarga muvaffaqiyat tiladi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#zahira

"AHANGARANSKIY TRUBNIY METALLURGICHESKIY ZAVOD" MCHJ QK korxonasi xodimlari uchun kartoshka, piyoz mahsulotlari tarqatildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
Bugun Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O'zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022- yil 30-martdagi 30-AF-sonli buyrug'i va 2022- yil 19- oktyabrdagi 117-AF-sonli buyrug'i asosida tasdiqlangan " Ijod va ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilar bilimini baholash tartibi to'g'risida"gi nizomiga muvofiq ta'lim muassasasida ixtisoslik fanlaridan chorak bo'yicha summativ baholash sinovlari (ChSB) o'tkazildi.
📘📕Bunda Prezident ta'lim muassasalari agentligi vakili Marxabayev Sherzod Kasimovich tamonidan test varaqalari tarqatilib 2 soat 30 daqiqa davomida har bir sinf o'quvchilaridan ixtisoslik fanlar (matematika, fizika va ingliz tili) dan ChSB sinovlar boʻlib oʻtdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram: https://t.iss.one/Ohangaron_shahar_IMI
Instagram: https://instagram.com/akhangaran_school?igshid=MDE2OWE1N2Q=