Оhangaron shahar hokimligi
11.5K subscribers
44.2K photos
2.83K videos
70 files
9.97K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan  Manaviyat va ma'rifat markazi , xalq ta'limi  va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 11-oktabr Xalqaro qiz bolalar kuni munosabati bilan  "Sening tashabbusing-sening kelajaging" shiori ostida Qizlar forumi tashkil etildi.Iqtidorli qizlarimiz Yoshlar ishlari agentligi va  "MAHALLA"xayriya  jamoat fondi Ohangaron shahar bo'linmasi  tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍5
#hokimiyat_hujjatlari

Hududlardagi keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari moliyalashtirildi

Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2022-yilda viloyat boʻylab amalga oshirilishi lozim boʻlgan qurilish va taʼmirlash ishlari uchun 30 milliard soʻm, jumladan, viloyat hokimligi huzuridagi “Obod qishloq” jamgʻarmasiga yoʻnaltirish maqsadida 28 milliard 700 million soʻm va “Obod mahalla” jamgʻarmasiga yoʻnaltirish maqsadida 1 milliard 300 million soʻm mablagʻ ajratiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur hujjat ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M.Fayziyev va viloyat hokimi oʻrinbosari SH.Mahmudovlar zimmasiga yuklatildi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Ohangaron shahrida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda
davlat organlari va tashkilotlarining o‘rni” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili F.Eshmatova ishtirok etdi.

Mehnat bozorini tartibga solish, bandlik va mehnat munosabatlari, band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish kabi bir qator mavzularda soha mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OHANGARON SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI OGOHLANTIRADI!

Hurmatli fuqarolar is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.



Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
👍1
🔰“Омбудсман мактаби” лойиҳаси доирасида Тошкент вилоятида фуқаролар билан очиқ мулоқот ўтказилди

2022 йилнинг 11 октябрь куни “Омбудсман мактаби” лойиҳаси доирасидаги навбатдаги тадбир Тошкент вилоятининг Охангарон шаҳрида ўтказилди. Бунда асосий эътибор сўнгги йилларда мамлакатимизда амалга оширилган ислоҳотларга, хусусан инсон ҳуқуқлари ва эркинликларига ҳамда фуқароларга яратилаётган имконият ва имтиёзларга қаратилди.

Фуқаролардан Омбудсманнинг Тошкент вилоятидаги минтақавий вакилига келиб тушаётган мурожаатлар кўпроқ ижтимоий соҳага тегишли бўлганлиги сабабли мазкур тадбир аҳолини ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалаларига бағишланди.
батафсил

🌐Cайт |Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
👍6