Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.74K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
🤩 Zamonaviy kasblarni YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI bilan hamkorlikda YOSHLAR TEXNOPARKIDA bepul o'qishni istaysizmi ?🤩

🤔Qanday yo'nalishlar borligini bilasizmi ?

1⃣-Kompyuter savodxonligi
2⃣-Web-dasturlash
3⃣-3D-modellashtirish
4⃣-Robototexnika
5⃣-1C-Buxgalteriya
6⃣-Kibersport
7⃣-Autocad
8⃣-Scratch
9⃣-Ingiliz tili kabi yo'nalishlar bo'yicha dars jarayonlari olib boriladi.

🫡 Zamonaviy kasblarni o'rganishingizda sizni «Yoshlar Texnoparki»ga taklif etamiz !

💁🏻‍♀💁🏻‍♂Talaba/o'quvchiman o'qisam bo'ladimi ?
-Ha,albatta agarda yoshingiz 14-18 yoshda bo'lsangiz ! Darslar haftada 2-3 kun 2 soatdan davom etadi.Asosiy o'qishingizga xalaqit bermaydigan vaqtdagi guruhlarda o'qishingiz mumkin ! Buning uchun o'z mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog'laning !

✍🏻Ro'yxatdan o'tish:
@Yoshlarrtexnoparkki_bot

👩‍💻🧑‍💻Kirish imtihonlaridan muvafaqqiyatli o'tib o'zingizni yangi sohada sinab ko'ring.


Telegram | Instagram | YouTube
#Keksalar_haftaligi
#yoshlar_ishlari_agentligi
#yetakchi_faoliyati

Ohangaron shahrida "Keksalar haftaligi" o‘tkazilmoqda. 2-sektorga qarashli "Xonobod" mahallasi yoshlar etakchisi Niyozova Muhayyo mahalla yoshlari bilan “Keksalar haftaligi”ni munosib o‘tkazmoqda.

Yoshlar yetakchisi tomonidan nuroniy onaxonlar holidan xabar olinmoqda!
#mehnat_yarmarkasi
#bandlik

Shahrimizdagi “Iloq” MFYda Toshkent Viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi hamda Ohangaron shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan "Ayollar daftari" ning 3-bosqichiga kiritilgan ishga joylashishga muhtoj ish izlovchi xotin-qizlarni bandligiga ko'maklashish maqsadida bo'sh ish o'rinlari  "Mehnat yarmarkasi" o'tkazildi.

Mehnat yarmarkasida 15 ta  korxona tashkilot 1000 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi 65 nafar  band bo'lmagan fuqarolarning 35 nafari korxona va tashkilotlarga yo'llanma bilan ishga joylashtirildi.

"Ayollar daftari"da turuvchi ayollarning  8 nafari “Artel”, 1 nafari “Guli-lola” MChJga, 1 nafari “Lida  Metal Technology” MCHJga, 3 nafari “Game Gold” MCHJlarga  fuqarolar ishga joylashish uchun korxona va tashkilotlarga ish joylari bilan tanishish uchun yuborildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#uchrashuv

2-IDUMda o‘tkazilgan ma’naviy soatda “Ona tili va adabiyot fani" oyligi doirasida "Ohangaron bizning shahar" kitobi mualliflari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ijodiy uchrashuvda  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O.Xushnazarov, tadbirkor- Sh.Komilov,  2-IDUM o‘qituvchisi A.Komilxonovlar o‘quvchilarga kitobning yaratilish tarixi, uni tayyorlashda yaqindan yordam bergan kishilar, Ohangaron shahrining ijtimoiy-iqdisodiy taraqqiyotida  munosib ulush qo‘shgan insonlar  haqida g‘ururlanib gapirib berishdi.

Tadbirda Oxangaron shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.Yuldashev, maktab direktori M.Aynaqulova, ijodiy -madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi M.Aliyevalar so‘zga chiqib, maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar va yaratilgan shart -sharoitlar, bolalar ijodkorligini rivojlantirishdagi sa’y- harakatlar haqida so‘zlab, fikr-mulohazalarini bildirishdi.

       Eng faol ishtirokchi o‘quvchilarga mualliflar tomonidan kitoblar  sovg‘a qilindi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#keksalar_haftaligi

Keksalar haftaligi doirasida shahrimizdagi barcha mahallalarda, shuningdek, “Saxovat” internat uyida bir qadar loyihalar amalga oshirilmoqda!

Yoshlar ham haftalikning faol a’zosiga aylanib faxriylarimiz holidan xabar olishmoqda!

https://t.iss.one/ohangaronshahar