Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Tadbir

🇺🇿Ohangaron shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Biz OITSga qarshimiz" nomli tadbir o'tkazildi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan OITS ga oid ma'lumotlar, she'rlar va kuy qo'shiqlar hamda sahna ko'rinishlari ijro etildi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'limi bosh mutaxassisi Usmonova Kamola, shahar Tibbiyot birlashmasi shifokori Xamrayeva Nigora ishtirok etishdi.

Tadbir so'ngida shifokorlar tomonidan OITS haqida keng ma'lumotlar berilib, o'quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

👉каналга уланиш
#tadbir #baxtimiz_qomusi

Ohangaron-Qorako'l maktab-internatida Konstitutsiya 29 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

👉каналга уланиш
#tadbir

Bugun Ohangaron-Qorako'l maktab-internatida Ijtimoiy fanlar oyligining yakuniy tadbiri bo'lib o'tdi va tarix fani o'qituvchisi Sharipova Nafisa Olimovna tomonidan 9-A sinf "Dekabristlar" va 9-B sinf "Aristokratlar" jamoalari o'rtasida bellashuv o'tkazildi.

❇️Bellashuv 5ta shartdan iborat bo'lib, yuqori saviyada, juda qiziqarli tarzda o'tdi. Jamoalar o'zlarining bilimlarini va ijodiy yondashuvlarini namoyish etishdi. "Aristokratlar" jamoasi g'alaba qozondi. Tadbir yakunida oy davomida fan oyligida faol ishtirok etgan o'quvchilar va ularning ota onalariga tashakkurnoma berildi.

👉каналга уланиш
#tadbir

Jaholatga qarshi ma’rifat

❇️Bugun shahrimizdagi 2-IDUM maktabida Respublika Ma’naviyat ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi hamda Din ishlari Toshkent viloyati Ohangaron shahar bo‘limi bilan hamkorlikda "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U. Cho‘lponova, Din ishlari qo‘mitasi Toshkent viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi D.Soipov, Respublika "Ma’naviyat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Shoira To‘laganovalar maktab o‘quvchilari bilan davra suhbatini olib bordilar.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi

@ohangaronshahar
#Tadbir

❇️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlimi rahbari U.Choʻlponova, shahar IIB kapitani, terrorizmga qarshi kurash boʻlimi xodimi Sh.Bozorov, Yoshlar bilan ishlash guruhi inspektori mayor F.Oblaqulov, Ohangaron shahar IIB kadrlar guruhi katta inspektori kapitan I.Yuldashev, Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi hamda “Ohangaron hayoti” gazetasi bosh muharriri Sh.Toʻlaganovalar bilan hamkorlikda TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti talabalari oʻrtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda yoshlarga bugungi zamonaviy dunyoda milliy qadriyatlarimizga yot turli g‘oyalarga qarshi faqat maʼrifat va bilim bilan javob qaytarish mumkinligini haqida hamda hayotiy misollar orqali yoshlarni toʻgʻri fikrlash va xulosa chiqarishlari yuzasidan targʻibotni olib bordilar.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi

@ohangaronshahar