Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
39.9K photos
2.56K videos
68 files
9K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Quvnoq_startlar
#besh_tashabbus_olimpiadasi_2-mavsumi

❇️Bugun Ohangaron shahridagi
barcha mahallalarda Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumi doirasida "Quvnoq  startlar" sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

🔷"YANGIOBOD" mahallasining yetakchisi hamda 2-maktab sport o‘qituvchilari bilan hamkorlikda maktab sport zalida 7-10yoshli bolalar o‘rtasida quvnoq startlar musobaqasi tashkillashtirilib, qizg'in tarzda o'tkazildi.

✍️Ro'yxatdan o'tgan yoshlar musobaqalardan qolib ketmang, Bu mavsumda aynan siz Respublika darajasida  1-o'rinni egallaysiz!

"YANGIOBOD" mahallasi Yoshlari olg'a !!!!!
#e’lon

Ohangaron shahar  Aholi bandligiga  ko‘maklashish  markazi  tashabbusi  bilan  2022 yil  16 sentyabr kuni  soat 10-00 da  Ohangaron  shahar  6-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida  bo‘sh  ish  o‘rinlari  “Mehnat yarmarka”si  bo‘lib  o‘tadi.

Mehnat yarmarkasida ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish toping.

Ma’lumot o‘rnida: Toshkent texnopark korxonasi ham bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Targ‘ibot

O‘zbekiston "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan bir vaqtda yosh avlodni mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazish asosiy maqsadimiz hisoblanadi.


Shu munosabat bilan bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi K.Usmanova hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zosi M.Aliyevalar "Guliston" MFYda "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi"ning 1-bosqichiga asosan "Ota-onalik baxt va burch" mavzusida davra suhbatini o‘tkazdilar.

⚡️Davra suhbatida farzand tarbiyasida oilaning ahamiyati, ta'lim va tarbiyaning uzluksizligini ta'minlash va bu borada mahallaning nuroniy onaxonlarining hayot tajribalari yoshlarga tushuntirildi.

Shuningdek so‘nggi yillarda qabul qilingan qarorlar va ularning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.
https://t.iss.one/RMMMOhangaronsh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i Qo'ziboev Iskandar Faxriddinovich tomonidan shahar hududida aholi orasida kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko'rish, mavsumda  tabiiy gaz va elektr jihozlaridan to'gri foydalanish to'g'risida brifing o'tkazildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Mini_futbol
#besh_tashabbus_olimpiadasi_2-mavsumi

❇️Bugun Ohangaron shahridagi
barcha mahallalarida Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumi doirasida "Mini futbol" sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

🔷"Adolat" mahallasining yetakchisi  hamda sport maktabi treneri "Davr Yoshlik" sport maydonchasida 11-16yoshli bolalar o‘rtasida musobaqasi tashkillashtirilib, qizg'in tarzda o'tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda

Ohangaron shahrida o‘tkazilayotgan "Bosh prokuror kubogi" kurash musobaqalari haqida videolavha “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida efirga uzatildi

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Suhbat

Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov shahrimizdagi Samat Rahmatov ko‘chasida hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va mahalla aholisi bilan suhbatlashdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Tahlil

Shahar hokimi mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda chorak davomida bajarilgan ishlar tahlil qilindi. Hamda 3-chorak yakuniga qadar amalga oshiriladigan rejalar xususida suhbatlashildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar