Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.69K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Saylovchi_2021
#seminar

Yosh saylovchi-2021 o'quv seminari

Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari hamda Ohangaron tumanlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari uchun o'quv seminari bo'lib o'tmoqda.

Seminardan asosiy maqsad, yoshlarni saylov oldi jaroyonlarda faol ishtirokini ta'minlash hamda huquqiy bilimlarni oshirishdan iborat.

Ushbu o'quvda jami 150 nafardan ziyod yoshlar yetakchilari faol ishtirok etishdi.

👉каналга уланиш
#Seminar
#9_maktab

O'qituvchi ijtimoiy faol shaxs

Bugun Ohangaron shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida boshlang‘ich sinf o'qituvchilari seminari bo'lib o'tdi. Seminarni maktab direktori Mashkurova Feruza ochib berdi.

Unda Xalq ta'limi bo'limining boshlang‘ich ta'lim metodisti Rahimova Zulfiya seminar bo'yicha o'z fikrlarini, yangiliklarni aytib o'tdi.

Seminarda boshlang‘ich sinf o'qituvchisi Suleymanova Marhabo "Ona tili fanida tovushlarga oid mashqlar" mavzusida slayd namoyish etib, o'z fikrini bildirdi.

4-sinf o‘quvchi qizlarining ijrosidagi raqs ishtirokchilarga yanada zavq bag‘ishladi. Boshlang‘ich sinf o'qituvchilari Mirzafarova Xurshida "O'ylab top" metodini, Ashuraliyeva Nargiza mnemonikadan foydalanib, diqqatni jamlovchi mashqlardan havola etishdi.

Seminarda trener Gulasal Umarova "Pirls dasturi asosida nazorat topshiriqlarini yaratish va ular ustida ishlash texnologiyasi" mavzusida tushuncha berdi.

Seminar qiziqarli va munozaraga boy o'tdi.

👉каналга уланиш
#seminar

“One Million Uzbek Coders” loyihasi

Bugun Ohangaron shahar Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi,Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda Ohangaron shahar Xalq ta'lim bo'limiga qarashli 1-umumta'lim maktabida "ONE MILLION UZBEK CODERS" loyihasi asosida seminar-trening o'tkazildi. Tadbirda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Ularga dasturning vazifalari va hozirgi kundagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi.

Seminarda "ONE MILLION UZBEK CODERS" loyihasi doirasida 1-umumta'lim maktabida o'quvchilarni loyihaga to'g'ri yo'naltirish, dasturlash sohasini mukammal egallashlari uchun “One Million Uzbek Coders” platformasidan ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek tadbirda shaharda tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o'quv markazida tashkil etilgan dasturlash kurslari haqida ma'lumotlar berildi.

Seminar ko'tarinki kayfiyatda va qiziqarli bo'lib o'tdi.

👉каналга уланиш