Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.8K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Tanlov
#Temur_tuzuklari_bilimdoni
#Ohangaron_shahar_yoshlari

💻Toshkent viloyati yoshlar texnoparkida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Ohangaron shahar Kengashi tomonidan IIB, FVB, Milliy gvardiya tarkibida xizmat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar ishtirokida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining shahar bosqichi tashkil etildi.

✔️Tanlovda Ohangaron shahar Milliy gvardiya bo’limi xodimlari eng yuqori bal to‘plab 1-o‘rinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

👉kanalga a'zo bo‘lish
#tanlov
#ohangaron_shahar

Siz iqtidorlimisiz?

O'z qobilyatingizni namoyish etishni xohlaysizmi?

Unda bu siz uchun imkoniyat!

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati va qator hamkor tashkilotlar 15 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov

🖼 Tasviriy va amaliy san'at

📚Adabiyot va publitsistika

🎙Milliy maqom va milliy estrada

yo'nalishlarida bo'lib o'tadi.

Tanlovga arizalar 15 noyabr kuniga qadar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining hududiy(tuman va shahar) bo'linmalarida qabul qilinadi.

Shoshiling!
Tanlovda ishtirok eting!

👉каналга уланиш
#tanlov
“VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM! ”

✏️ Mamlakatimizda adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida faoliyat yuritayotgan iste’dodli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar bilan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar:

"Adabiyot va publisistika”
“Tasviriy va amaliy san’at”
“Maqom va milliy estrada”
yo‘nalishlarida bellashadilar.

📎 Arizalar joriy yilning 20-noyabriga qadar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlarida qubul qilinadi.

👉каналга уланиш
Forwarded from OYINA.UZ
#tanlov

📌 Танлов қуйидаги номинациялар бўйича ўтказилади:

«Давлат мадҳиясини энг яхши куйлаган оила»;
«Давлат мадҳиясини энг яхши куйлаган мактаб»;
«Давлат мадҳиясини энг яхши куйлаган гуруҳ»
;
«Давлат мадҳиясини энг яхши куйлаган меҳнат жамоаси».

Батафсил 👉🏻https://oyina.uz/kiril/announcement/37

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#tanlov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 9-dekabrdagi “Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 66-q/q, 6-15 “s” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi hamda Toshkent viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida O‘rta Chirchiq tumanidagi 3-informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan tayanch maktabida tanlovning 3-viloyat bosqichi o‘tkazildi.

❇️Tanlovda 22 ta tuman va shahar boshqichning 22 nafar g‘oliblari belgilangan shartlar asosida ishtirok etishdi. Tanlovni Chirchiq davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari baholab borishdi.

Tanlovning 4-bosqichiga Ohangaron shahar XTB tasarrufidagi 4-umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Ten Andrey yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👉каналга уланиш