Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.82K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

☀️🌥🌧 Bugun Toshkent viloyatida qor yogʻishi, tuman tushishi kutilmoqda


Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 30-yanvar kuni Toshkent viloyatida  havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Harorat kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.


@ohangaronshahar
2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:

aholi soni – 36,8 mln kishi;
ayollar soni 18,3 mln kishi;
erkaklar soni – 18,5 mln kishi;

shaharda yashovchilar – 18,8 mln kishi;
qishloqda yashovchilar – 18 mln kishi;

nikohlar soni 283,8 mingta;
nikohdan ajralishlar soni – 49,2 mingta.

Umumiy migratsiya:

ko‘chib kelgan – 218,8 ming kishi;
ko‘chib ketgan 233,2 ming kishi.

Shundan, tashqi migratsiya:

ko‘chib kelgan 2,9 ming kishi;
ko‘chib ketgan – 17,3 ming kishi.


@ohangaronshahar
Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) qanchaga o‘sdi?

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM hajmi 5,0 %ga o‘sdi va 107 918,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.


@ohangaronshahar
⚡️ Bugun Ohangaron shahar "Qo'rg'on" MFYda “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolarining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi va "Qo'rg'on" MFY xodimlarining hisobotlari tinglandi.

Yig'ilishda "Qo'rg'on" MFY raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va soliq inspektorlarining 2023-yilda olib borilgan ishlari yuzasidan mahalla aholisiga oʻz hisobotlarini taqdim etishdi. Yigʻilish davomida fuqarolarning fikr mulohazalari oʻrganilib, mavjud masalalarning bajarilishi belgilab olindi. “Keksalar maslahati” guruh rahbarligiga Zarifaxon Baxodirova saylandi.


@ohangaronshahar
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining
2024-yil 11-yanvardagi 16-52-son topshiriq xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF209-son Farmoni hamda PQ-402-son Qarorining mazmun mohiyati
hamda ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish bo‘yicha “mahalla yettiligi” uchun alohida o‘quv seminari tashkil etish belgilangan.

⚡️ Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Ohangaron shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Texnika universitetining Olmaliq filialida hududiy trenerlar tomonidan Ohangaron shahar “mahalla yettiligi” uchun o‘quv seminari tashkil etildi.


@ohangaronshahar