Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.85K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi hamda shahar "Barkamol avlod" bolalar markazi bilan hamkorlikda shahar "Ma'naviyat va ma'rifat maskani"da "Yangi O‘zbekiston kitobxonlar yurti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📚 Davra suhbatida bo‘linma rahbari U.Cho‘lponova "Barkamol avlod" bolalar maktabini 2-IDUMda faoliyat ko‘rsatayotgan "Yosh qalamkashlar" tarmoq to‘garagi a’zolariga kitob o‘qish madaniyati, kitob mutolasining inson hayotidagi o‘rni hamda maskanda tashkil etilgan kutubxonadan o‘rin egallagan "Ma'rifatparvar jadidchi bobolarimiz", o‘zbek adabiyotining namoyondalari, yozuvchi va shoirlarning asarlari haqida targ‘ibot ishlarini olib bordi.

📖 Davra suhbatida to‘garak rahbari M.Aliyeva, ijodkor o‘quvchilar R.Gʻulomjonova, H.Abduraxmonovlar so‘zga chiqib, o‘zlarini fikr va mulohazalarini bildirdilar.



@ohangaronshahar
🏐 Bugun 2011 va 2012-yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida "Voleybol" sport turidan "Viloyat kubogi" bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada Ohangaron shahar sport maktabi terma jamoasi ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni egallashdi. Kelgusida yoshlarimizdan bundanda yuqori natijalar kutib qolamiz.

Ushbu musobaqalarga yoshlarimizni ishtirok etishi uchun hamkorlikda ish olib borayotgan Ohangaron shahar IIBga Sport maktabi xodimlari minnatdorchiligini bildiradi.


@ohangaronshahar
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni

🔘Piskent tumani. "Birlik" mahallasidan kelib tushgan murojaat tuman Suv taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan bartaraf etildi.

🔘Bekobod tumani. "Mallaboy" mahallasining ko’chalarida shag’allashtirish ishlari olib borildi.

🔘Bo'ka tumani. Tuman hokimi "Bunyodkor" mahallasining "Mevazor" ko'chasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Mahallalarda ichki ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi qurilish va kommunal sohadagi muammolarni oʻrganib, takliflar bilan tanishdi.

🔘Angren shahri. “Yangi Hayot” mahallasi “Oʻzbekiston mustaqilligi” koʻchasida ichki yoʻllar shagʻallashtirildi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔘Yangiyo'l shahri. Shaharda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘lagi va bolalar maydonchalari ta'mirlanmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutasaddilari ishtirokida 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Suvni birgalikda asraylik!" shiori ostidagi davra suhbati oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi

Sherali Yoʻldoshev — Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Maxamadjon Nishanov — Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Adxam Ziyavitdinov — Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Shuxrat Xoshimov — Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Furqat Mahmudxodjayev — Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi;

Dolli Allayev — Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Sogʻindiq Turmanov — Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi;

Odilbek Artiqov — Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Murodjon Umarov — Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Sherpoʻlat Boyqulov — Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Oybek Karimov — Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Gʻofir Aliyev — Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Ilhomjon Ikromov — Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi;

Baxtiyor Soatov — Jizzzax viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.


@ohangaronshahar
❗️ DIQQAT

Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi boshlanadi


⚡️ 2024-yil Ohangaron shahri “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun jami 10 mlrd 278 mln 800 ming soʻm mablagʻ ajratilmoqda.

Shundan jami 5 mlrd 139 mln 400 ming soʻm 1-mavsum uchun, qolgani 2-mavsum uchun ajratilishi belgilangan. Xabaringiz bor, ushbu loyiha bir yilda 2 marotaba oʻtkaziladi. 2024-yil 1-mavsumi 1-fevraldan start oladi.

📝 Bunga koʻra,

💬1-fevraldan – 20-fevralga qadar – loyiha kiritish bosqichi;
💬21-fevraldan – 11-martga qadar – loyihalarni saralash bosqichi;
💬12-martdan – 1-aprelga qadar – ovoz berish bosqichlari oʻtkaziladi.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati


@ohangaronshahar
Ohangaron shahar hokimligi, shahar IIB, shahar YPX, RMMM shahar bo‘linmasi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, shahar Adliya bo‘limi hamda shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Farzandlarimiz kelajagimiz" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

⚡️Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarning ota-onalariga bugungi kunda yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yot g‘oyalar tasiridan asrab-avaylash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, san'at, sport va fan to‘garaklariga muntazam jalb etish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, farzandlarining odob-ahloqi va tarbiyalashda ota-onalarni o‘rni va ma'suliyati, asosiy burchi va vazifalari, farzandlarini doimiy o‘z nazoratidan chetda qoldirmasliklari, o‘zlari shaxsiy namuna bo‘lishlari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordilar.



@ohangaronshahar