Оhangaron shahar hokimligi
3.69K subscribers
38.5K photos
2.47K videos
67 files
8.63K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaron shahar elektr ta’minoti ogohlantiradi

24.01.2024-yil soat 13:00dan 13:30gacha yuqori kuchlanishli 6 kV elektr tarmogʻida tamirlash ishlari olib borilishi sababli elektr ta'minoti quyidagi hududlarda vaqtinchalik toʻxtatiladi
"Yangilik" MFY,
"Birlik" MFY,
"Namuna" MFY,
"Boʻston" MFY
larda

Ohangaron shahar elektr ta'minoti
Tel: 706453200

@ohangaronshahar
Kuni kecha Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, shahar Adliya bo‘limi, "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, shahar Din ishlari bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda "Mustaqillik", "Bo‘ston", "Guliston" MFY o‘quvchi yoshlariga shahar Kasb-hunar maktabida "2024-yil-Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" nomiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekistonni ma'rifatli yoshlar bilan birga quramiz!" mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

❇️ Tadbirda shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi rahbari Sh.Komilov, shahar Adliya bo‘limi xodimi B.O‘smanov, Din ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi D.Soipovlar yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordilar hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblarni berdilar.



@ohangaronshahar
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 29-avgustda 2387-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son buyrugʻi ijrosini ta'minlash maqsadida Ohangaron shahrida korxona-tashkilot xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari yuqori saviyada davom etmoqda. Bugun Ohangaron shahar hokimi o'rinbosari Zufar Karimov ushbu ishlar bilan yaqindan tanishdi va mas'ul xodimlarga kerakli ko'rsatmalar berildi.

@ohangaronshahar
II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга мол-мулк солиғидан қандай имтиёзлар бор?

Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 421-моддасига асосан I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларнинг мулкида бўлган мол-мулкнинг 60 квадрат метр доирасида солиқ солишдан озод қилинган.

❗️Ушбу солиқ имтиёзи мулкдорнинг танловига кўра фақат битта яшаш учун мўлжалланган кўчмас мулк объектига татбиқ этилади.

Шунингдек, Кодекснинг 436-моддаси биринчи қисми 3-бандига асосан, I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар ер солиғидан озод қилинган.

🔴 Бунда пенсионер тўғрисидаги маълумотлар Пенсия жамғармаси томонидан солиқ органларига электрон шаклда юборилади.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#савол_жавоб

🔰 Ёши 100 га тўлган ва ундан ошган фуқаролар пенсияси ёки нафақасига ҳар ойда пенсияни ҳисоблаш базавий миқдори (372 минг сўм) нинг 100 фоизи миқдорида қўшимча тўлов тўланиши белгиланган.

Бунда, пенсияга қўшимча тўлов шахс 100 ёшга тўлган ойдан кейинги ойнинг 1-санасидан бошлаб ("проактив" шаклда) тўланади ҳамда қўшимча тўловни тўлаш пенсияга устама ҳақларнинг сони ва миқдорларидан қатъи назар амалга оширилади.

Белгиланган пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори ўзгарганда, қўшимча тўлов пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдорига мутаносиб равишда ўзгаради.

Шунингдек, ушбу қўшимча тўловни тўлаш фуқарога тўланаётган пенсияни тўлаш тўхтатилганда ёки тўхтатиб турилганда белгиланган тартибда тўхтатилади ёки тўхтатиб турилади.

📍 Фуқарога қўшимча тўлов унинг хоҳишига кўра рўйхатга олинган доимий яшаш ёки вақтинча турган жойи бўйича тўланади.

📞 12-71    🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍👩‍👦 Til o'rganish yosh tanlamaydi va aksincha istalgan yoshda bir nechta tillarni o'rgana olasiz, bunga yaqqol misol qilib Ohangaron shahar mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarini ko'rsatsak bo'ladi.

🇺🇿 Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nazirkulov Atxam Axatqulovich, shahar 4-sektor rahbari Anvar Mo'minov va Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi boshlig'i Abdulaziz Uralov tomonidan "Ibrat academy" ilovasi orqali o'quv kursini muvaffaqiyatli ravishda o'rgangan Yoshlar yetakchilariga sertifikat topshirildi.

@ohangaronshahar
🇺🇿 ''Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir. Shu maqsadda 2024-yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qildik''. Ushbu so'zlarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida aytgan edi.

⚡️ Bugun Ohangaron shahrida joylashgan ''Yoshlar markazi''da Asaxiy.uz savdo tarmogʻining asoschisi, tadbirkor Firuz Allayev va biznes qilish istagida bo‘lgan yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda shahar hokimi A.Eshonqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Nazirkulov, shahar hokimi o'rinbosari Z.Karimov, 4-sektor rahbari A.Mo'minovlar ham ishtirok etib, investitsiya va eksport masalalari bo'yicha o'z tavsiyalarini berishdi. Tadbirkor F.Allayev tomonidan yoshlarga hayotda qanday o'z o'rnini topish va biznesni moliyaviy tomonlama boshqarishda nimalarga ahamiyat berish lozimligi haqida dastlabki ko'nikmalar berildi.


@ohangaronshahar