Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.86K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#xotin_qizlar
#jarayon


Bugun 9-sonli  umumtaʼlim maktabida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz!” shiori ostida “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish lozim?” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminarda shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Shaxlo Ismatova,shahar Xotin qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor podpolkovnik Karimxo‘jayeva Nilufar ishtirok etdi.


Shuningdek, shaharning oqila  ayollari, nuroniy  onaxonlar oʻz mulohazalari bilan, mahallaning xotin-qizlar faollari sahna  koʻrinishlari bilan  ishtirok etishdi.


Umumtaʼlim maktab oʻquvchilari, kasb-hunar maktabining 1-bosqich oʻquvchilari faol ishtirok etib shahar psixologi Nuriya Toshmatova tomonidan oʻtkazilgan treningda ham ishtirok etishdi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Shahar hokimligida oʻtgan yigʻilishda faoliyatida kamchilikka yoʻl qoʻygan ayrim korxona-tashkilot rahbarlariga ogohlantirish berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli soha vakillariga bir qator vazifalar yuklatildi.

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya - baxtimiz qomusi!

Qutlugʻ sanaga oz fursat qoldi, insonparvar qomusimiz yuz yillar osha xalqimizga naf bersin!


Ohangaron shahar Kasb-hunar maktabi tomonidan tayyordangan lavhani tomosha qiling!

@ohangaronshahar
#jarayon

Ayni damda shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida shahar soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

📣 Unda shahar rahbari mahalliy byudjetga soliq tushumlarini qarzdorlar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanishini qatʼiy tartibga solish yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi.

Xususan, faoliyatida kamchilikka yoʻl qoʻygan ayrim soliq inspektorlarining ish uslubi shahar rahbari tomonidan jiddiy tanqid qilindi.

@ohangaronshahar
#tabriklaymiz

Bugun shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, fidoyi rahbar, salohiyatli iqtisodchi, samimiy inson Alisher Karimdjanovning tugʻilgan kuni!

Shu munosabat bilan hamkasbimizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va farovonlik tilaymiz!

Shahrimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivoji yoʻlida mehnat qilib  hech qachon tolmasin, deymiz!

Ohangaron shahar hokimligi jamoasi

@ohangaronshahar
#Jarayon
#tahlil

Ayni damda shahar hokimi Akrom Eshonqulov Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasida yigʻilish oʻtkazmoqda.


Unda shahar rahbari toʻlov madaniyati shakllanmagan, xususan molk mulk va yer soliqlarini oʻz vaqtida toʻlamaydigan shaxslarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, toʻlov madaniyatini oshirish xususida soʻz yuritib, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashga, bu orqali mahalliy byudjetning shakllanishiga hissa qoʻshishga chaqirmoqda.

@ohangaronshahar