Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.74K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon
#bayram_shukuhi

📣 Ayni damda shahrimizdagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida bayram tantanasi boʻlib oʻtmoqda.

Bayramni shahar hokimi Akrom Eshonqulov tabrik so‘zi bilan ochib berdi hamda muassasada vasiylikka olingan shaxslarni qutlugʻ kun munosabati bilan qutladi.


Shuningdek, tantanada shahar Prokurori Toʻlqin Karimov, IIB boshligʻi Fayzulla Ismoilov hamda korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etib, vasiylikka olingan shaxslarga bayram sovgʻalarini ulashdi.


📣Ayni damda toʻkin dasturxon atrofidagi bayram ishtirokchilari shahar Madaniyat boʻlimi xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushmoqda.


@ohangaronshahar
#bayram_shukuhi
#jarayon

Bugun Ohangaron shahridagi  4 sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bayram tadbiri oʻtkazildi.

📣 “3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni”  munosabati bilan “Mehr va muruvvat bilan yashaylik” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirni shahar hokimi Akrom Eshonqulov ochib berib, sektor rahbarlari To‘lqin Karimov, Fayzulla Ismoilovlar ishtirokida bolajonlarga sovgʻa- salomlar ulashishdi.

@ohangaronshahar
#Biz_OITSga_qarshimiz

Bugun shahrimizdagi 8-umum ta'lim maktabida "1-dekabr - Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.


🦠Mazkur tadbir maktab MMIBDO‘ Saodat Chinaliyeva hamda 8-sinf rahbari Shaxnoza Turg‘unova tomonidan tashkillashtirildi.


📌Tadbirda o‘quvchilar tomonidan OITSga oid ma'lumotlar, videoroliklar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

@ohangaronshahar
#Bayram_shukuhi
#Jarayon


Ayni damda shahrimizdagi muhtasham “Alimardon” majmuasida “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bayram tantanasi boʻlib oʻtmoqda.


📣 Bayramni shahar hokimi Akrom Eshonqulov tabrik soʻzi bilan ochib berib, bayram qatnashchilarini samimiy qutladi.

Toʻkin dasturxon atrofida yigʻilgan tantana ishtirokchilari shahar  “Madaniyat” boʻlimining xushovoz xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushmoqda.

@ohangaronshahar