Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
41.9K photos
2.69K videos
69 files
9.51K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#uchrashuv
#ma’naviyat

❇️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan shahar Adliya bo‘limi, shahar Tibbiyot birlashmasi hamkorligida I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialining Mashinasozlik va energetika fakulteti talabalari ishtirokida "26-iyun-Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Sog‘lom turmush-kelajak poydevori", "Diniy ekstremistik oqimlar-davlat va jamiyatga tahdid" mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, shahar Adliya bo‘limi bosh yurist-konsulti B.O‘smanov, shahar Tibbiyot birlashmasi shifokori N.Xamrayeva, universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Abdullayevlar ishtirok etishdi.



@ohangaronshahar
#tabriklaymiz

Bugun Ohangaron shahar hokimligi Moliya bo‘limi mudiri Mirkamol Miryusupovning tavallud kuni!

Shu munosabat bilan unga, sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!


Yurt ravnaqi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida mehnat qilishdan tolmasin!

Shahar hokimligi jamoasi

@ohangaronshahar
#yoshlar_siyosati

Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov va sektor rahbarlari boshchiligida shahrimizdagi umumta’lim maktablarining bitiruvchilari ishtirokida "Madaniyat va istirohat" bog‘ida uchrashuv tashkil etildi.


Unda shahar hokimi bitiruvchi yoshlar bilan suhbatlashib, kasb-hunar o‘rganish, qolaversa oliy ta’limda o‘qish zarurligini tushuntirdi.


📘 O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha o‘qishini nufuzli dargohlarda davom ettirish maqsadlari borligini rahbarlarga bildirishdi.

Davra suhbatida yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan soha mas’ullariga yuzlanishdi.

@ohangaronshahar
#islohot

Ohangaron shahar prokurori To‘lqin Karimov Departmentning shahar bo‘limi boshlig‘i A.Fayziyev bilan birgalikda Ohangaron dehqon bozoridagi narx-navolar barqarorligini, mahsulotlar zaxirasini o‘rganib, narxlarni barqaror ushlab turish borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berishdi.

@ohangaronshahar
#kitobxonlik
#ma’naviyat

❇️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, "Nuroniy" jamg‘armasi bo‘limi, Axborot kutubxona markazi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yoshlar orasida kitobxonlik ko‘nikmasini kuchaytirishga qaratilgan "Zukko kitobxon” tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda "Baxt" va "Yangiobod" MFY nuroniylari, yoshlar va shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zolari faol ishtirok etishib, hakamlar tomonidan berilgan jumboqli savollar asosida o‘zaro bellashib, o‘zlari sevib mutolaa qilgan kitoblaridan iqtiboslar keltirdilar.

Tanlov so‘ngida g‘olib bo‘lgan yoshlar homiy otaxon M.Ergashev tomonidan taqdirlandilar.

@ohangaronshahar