Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39K photos
2.51K videos
67 files
8.77K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#jarayon

Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida sektor rahbarlari, korxona-tashkilot mas’ullari ishtirokida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


📣 Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash xususida so‘z bordi.


📘 Shuningdek, mutasaddilar tomonidan xonadoniga quyosh panelini o‘rnatish istagidagi fuqarolarga ko‘mak berish topshirig‘i berildi.


@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#БРИФИНГ

Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshligi tomonidan shahar hududida aholi orasida yoz mavsumida suvda cho‘kish va yong‘inlar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari bo‘yicha brifing o‘tkazildi.

@ohangaronshahar
#jarayon

🔹Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik F.X.Ismoilov "Umid" MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

🔹Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy yordam, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

🔹Shuningdek, aholi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularga qonun doirasida huquqiy tushunchalar berildi. Muddat talab qiladigan boshqa turdagi murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.


@ohangaronshahar
Ҳурматли ҳамкасблар! Эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга қўшимча қабул кўрсаткичлари доирасида ажратиладиган 2000 та ўрин учун тавсиянома олиш мақсадида талабгорлардан аризалар эртадан, яъни 30 майдан 8-июнга қадар https://xotin-qizlar.uz/ платформаси орқали электрон шаклда қабул қилиниши белгиланмоқда.
Республика олий таълим муассасаларига қўшимча давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари доирасида олий маълумот олиш истагида бўлган эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларнинг танловда иштирок этиши учун тавсиянома қуйидаги мезонлар асосида берилади:
- кам таъминланган оилалардаги хотин-қизлар. Бунда кам таъминланган оила деганда, оиланинг ҳар бир аъзосига жами даромад аниқланадиган даврда белгиланган меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг
0,527 бараваридан кўп бўлмаган миқдорда тўғри келадиган бир ойлик ўртача жами даромадга эга бўлган оила тушунилади;
- тўлиқсиз оилада тарбияланаётган, яъни отаси ёки онаси ёхуд уларнинг иккаласи ҳам вафот этган ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар;
- турмуш ўртоғи вафот этган, вояга етмаган фарзандини ёлғиз тарбиялаётган ижтимоий ҳимояга муҳтож аёллар;
- ногиронлиги бўлган фарзанди бор эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар;
- икки ва ундан ортиқ фарзандларини тарбиялаётган, бошқа қариндошларидан алоҳида (ижарада) яшаётган ижтимоий ҳимояга муҳтож ёлғиз аёлларнинг қиз фарзандлари;
- ота-оналаридан бири ёки ҳар иккиси ҳам биринчи ёки иккинчи гуруҳ ногирони бўлган эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар.
Тавсиянома юқоридаги мезонларга мос келган шунингдек, умумий ўрта таълим (11-синф негизида) ёки ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасасини тугатганлиги ҳақидаги ҳужжатга эга бўлган эҳтиёжманд оилалардаги барча талабгор хотин-қизларга берилади.
Юқоридагиларга кўра аризалар https://xotin-qizlar.uz/ платформаси орқали электрон шаклда талабгорнинг ўзи томонидан тўлдирилади.
Талабгор ариза тўлдираётганда паспорт серияси ва туғилган куни, ой ва йили маълумотларини киритиб, маълумотлари платформада сақланишига бўйича розилик берганидан сўнг, кейинги саҳифага ўтилади. Унда яшаш манзили (вилояти, тумани, маҳалласи, кўчаси ва уй рақами) тўлиқ киритилади.
Шундан сўнг талабгор белгиланган 6 та мезондан қайси бирига тўғри келса шу танлайди ва сақлаш тгмасини босса унга смс код келади. Ариза смс орқали юбориладиган код билан тасдиқланади.
Эртадан шу жараёнлар бошланади. Фуқароларга тўғри тушунтириш ишларини олиб боришингизни сўраймиз. Қолган масалалар бўйича иш жараёнларида қўшимча тушунтириб борилади.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ MUROJААTI

Hurmatli Fuqaro!

Ichimlik suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun vaqtida to‘lovni amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ushbu to‘lovlar vaqtida amalga oshirilsa, suv taʼminotidagi loyiha ishlari jadallashadi:

- hududdagi ichimlik suv muammolari tez va sifatli bartaraf etiladi;

-mahallaga ichimlik suv quvuri yotqiziladi;

- suv ta’minoti korxonasining moddiy-texnik ta‘minoti bazasini rivojlantirish natijasida, hududdagi suv ta’minotiga bog‘liq muammolar bartaraf etiladi.

Eslatma!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli Farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, Isteʼmolchi ichimlik suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʼlashni amalga oshirishlari belgilangan.

Tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ matbuot xizmati
#ma’naviyat

❇️ Joriy yilning 30-may kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi rahbari U.Cho'lponova, bo'linma bosh mutaxassisi D.Akbayeva hamda Ohangaron shahar hokimining Davlat tili maslahatchisi N.Mirzayeva bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyunda "Reklama to'g'risida"gi O'RQ-776-sonli Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida, Ohangaron shahar Dehqon bozori hududidagi bino va inshootlarning tashqi qismlaridagi ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan shiorlar aks ettirilgan targ'ibot vositalari hamda tashqi reklama vositalarini tartibga solish yuzasidan targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Targ'ibot davrida soha mutaxassislari tomonidan tashqi reklamalarida xato va kamchiliklari bor tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi va kamchiliklar bartaraf etildi.

RMMM Ohangaron shahar boʻlinmasi.

@ohangaronshahar
Kengash kotibiyati mudiri hamda doimiy komissiyalar raislari ishtirokida Kengash faoliyatiga oid ayrim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri J.Saidkarimov ishtirokida Kengash doimiy komissiya raislarining qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda shahar Moliya bo'limi mudiri M.Miryusupov hamda shahar G'aznachilik bo'limi mas'ul xodimi ishtirok etdilar.

Deputatlar tomonidan Kengashning ayrim qarorlari ijrosi bo'yicha mas'ullarga vazifalar yuklandi. Shuningdek, boshqa tegishli masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyalar qo'shma qarori qabul qilindi.

Kanalga ulanish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mohiyat

FVV ogohlantiradi!

Aziz fuqarolar! Belgilanmagan joylarda cho‘milish taqiqlanadi. Unutmang, cho‘milish bu sizning va yaqinlaringizning umriga zavol bo‘lishi mumkin.

Ogoh bo‘ling!

@ohangaronshahar