Оhangaron shahar hokimligi
3.6K subscribers
39.2K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Vatanga_va'da
#marosim

❇️Ohangaron shahar hokimligi, Mudofaa ishlari bo‘limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, shahar Madaniyat va turizm bo‘limi hamda "Veteranlar" uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-martdagi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-150-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Ohangaron shahar "Xotira xiyoboni"da "VATANGA VA'DA" marosimi tashkil etildi.

Marosimda "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a'zolari tomonidan "Vatanga va'da" qasamyodi qabul qilindi va Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ko‘krak nishoni taqdim qilindi. Mehmonlar o‘z nutqlarida "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a'zolariga Ona-Vatanimizga munosib xizmat qiluvchi sodiq farzandlar bo‘lishlari haqida ta'kidlab o‘tdilar.

RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi

@ohangaronshahar
TOSHKENT VILOYATI YOSHLAR TEXNOPARKIDA YANA BIR STARTAP LOYIHA AMALGA OSHIRILDI

“Kimyo fanini interaktiv tarzda oʻrgatuvchi dastur” ya’ni virtual labaratoriya dasturi ishlab chiqildi. Dastur Ohangaron tumanidagi 12-umumta’lim maktabida faoliyatini boshladi .

Loyiha orqali Loyihaning asosiy maqsadi shundaki,har bir oʻquvchi yoshlarimiz oʻz bilimlarini VR koʻzoynaklari orqali nafaqat koʻrib balki his qilib oʻrgatish .

Loyiha oʻquvchiga kimyoviy elementlar qanday reaksiyahosil qilishi,qanday tusga kirishini amaliy qilib koʻrish imkoniyatini yaratib beradi.

Loyiha orqali kimyo fani yanada qiziqarli oʻtkaziladi.Dars jarayonida oʻquvchining fanga boʻlgan qiziqishi yanada ortadi. Tasavvurga qiyin boʻlgan kimyoviy hodisalarni oʻz koʻzlari bilan koʻrib,har bir obyektni formulasi,qisqa ta’rifi,hususiyatini yoqimli ovoz va chiroyli animatsiya orqali oʻquvchiga taqdim etiladi.

Batafsil : https://telegra.ph/YOSHLAR-TEXNOPARKIDA-TALIMGA-OID-YANGILIK-05-22

@ohangaronshahar
Оҳангарон туманидаги 12-умумтаълимда “Interaktiv ta'lim VR” дастури ишга туширилди

Эндиликда ўқувчилар кимё фанидан лаборатория ишларини кимёвий моддалар билан тўғридан-тўғри ишлаши шарт эмас. Ҳаммаси виртуал шаклда олиб борилади. 

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/78952

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/78952

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
⚡️Besh tashabbus olimpiadasi  "Kasblar tanlovi" doirasidagi erkaklar sartaroshligi musobaqasining Ohangaron shahar bosqichi
19-may
kuni boʻlib oʻtdi.
Unda sektor bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar ishtirok etishib,
1-o‘rinni Vatan  MFYdan Samatov Xolmurod,
2-o‘rinni Bo'ston MFYdan Yo'ldoshev Tohir,
3-o‘rinni  Orzu MFYdan  Tolipov Shahzod qo‘lga kiritishdi.

Musobaqalar yakkalik tarzda (18-30 yosh toifasida) o’tkazildi.

@ohangaronshahar