Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.3K photos
2.52K videos
67 files
8.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#maʼnaviyat_festivali

Ayni damda shahrimizdagi “Saxovat” uyida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtmoqda.


📣Maʼnaviyat festivali”ni  Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Raʼno Oʻrazova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, isteʼdodli shoir Rustam Musurmon, taniqli sanʼatkor Tolib Xojiyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, xushovoz xonanda Nilufar Saidova, yuridik fanlari doktori Feruza Muxiddinova kabi respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari olib borishmoqda.


Targʻibotchilar maʼnaviyat, maʼrifat  sohasiga oid fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashmoqda, davra suhbati oʻtkazishmoqda.


Bizni kuzatishda davom eting, jarayondan lavhalar berib boramiz.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

📣 Ayni damda “Maʼrifat” targʻibotchilari muassasadagi vasiylikka olingan shaxslarga bayramona kayfiyat bagʻishlab, ular bilan dildan suhbatlashishmoqda
.


@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali


🎤🎬 Sahnada taniqli xonanda Nilufar Saidova kuylamoqda.

Shoʻx kuy-qoʻshiqlarga yigʻilganlar raqsga tushishmoqda.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari shahrimizdagi “Qoʻrgʻon” MFYda boʻlib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali


📘 Ayni damda respublika “Maʼrifat” targʻibotchilari aʼzolari shahrimizda istiqomat qiluvchi, nogironligi boʻlgan fuqaro Bozorova Bashorat Abdunabiyevnaning holidan xabar olish maqsadida “Qoʻrgʻon” MFYga kelishdi.

📌 Bashorat Bozorova taniqli sanʼatkorlar  isteʼdodli shoirlar hamda professorlarning tashrifidan mamnun boʻlib, mehmonlarning esdalik sovgʻalarini qabul qilib oldi.

@ohangaronshahar
#maʼnaviyat_festivali

Ayni damda respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari shahrimizdagi “Akkermann sement” ishlab chiqarish korxonasida boʻlib turishibdi.


📣 U yerda korxonadagi ilgʻor xodimlar mehmonlar bilan davra suhbati olib borishmoqda.

@ohangaronshahar