Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.88K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
BOSH QOMUSIMIZ-TINCHLIGIMIZ VA FAROVON TURMUSHIMIZ ASOSI

Joriy yilning 29-mart kuni Ohangaron shahar "Yangilik" MFY xodimlari tashabbusi mahalla hududida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid targ'ibot ishlari tashkil etildi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar, yangi moddalarning kiritilayotgani bu asosiy qonunimizning yanada mukammal va xalqchil qomusga aylanayotganini anglatishini hamda Referendum, uning huquqiy asosi,o'tkazilish tartibi bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o'tildi.
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatidagi tashrif davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Muborok Ramazon oyi davomida iftorlik tadbirlari Ohangaron shahar mahallalarida o‘tkazish belgilangan.

Shunga muvofiq, ehtiyojmand va kam ta’minlangan fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Reja bo‘yicha 29 mart kun 2-sektor hududida joylashgan "Xonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Xonobod" choyxonasida Ohangaron shahar hokimligi "Mahalla" xayriya jamoat fondi shahar bo‘linmasi tomonidan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan birgalikda  iftorlik o‘tkazildi.

Iftorlikda mahallaning faol xotin-qizlari va nuroniy oqsoqollari qatnashdi.
BOSH QOMUSIMIZ-TINCHLIGIMIZ VA FAROVON TURMUSHIMIZ ASOSI

Joriy yilning 29-mart kuni Ohangaron shahar 3-sektor mahallalaridagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan 3-sektor hududida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid targ'ibot ishlari tashkil etildi.

Mazkur targ'ibot tadbiri davomida yoshlarga "Besh tashabbus olimpiadasi" haqida ham tushunchalar berib o'tildi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar, yangi moddalarning kiritilayotgani bu asosiy qonunimizning yanada mukammal va xalqchil qomusga aylanayotganini anglatishini hamda Referendum, uning huquqiy asosi,o'tkazilish tartibi bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o'tildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Mehmonali Salimov  - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri ustoz sanʼatkori.

@ohangaronshahar