Оhangaron shahar hokimligi
11.2K subscribers
45.2K photos
2.88K videos
71 files
10.2K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
⚡️“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi.
Batafsil: https://meningkonstitutsiyam.uz/uz.pdf

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Navro‘z sayliga marhabo!

🥁🎼🎷Odamlaru odamlar,
Eshitmadim demanglar!


📌Muhtaram prezidentimizning 2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, ertaga Ohangaron shahridagi markaziy stadionda katta Navro‘z sayli o‘tkaziladi!

Bu yilgi Navro‘z tantanalari “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan holda tashkil etilmoqda.

🥁🎻🎸🪗Bayram saylida shahar Madaniyat bo‘limi hamda 6-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoalarining chiqishlari, shuningdek, o‘zbek shousining yorqin vakillari “Sitora guruhi” hamda Yorqinxo‘ja Umarov, Murodjon Mashrabov bayram mehmoni bo‘lishadi.

Shuningdek, bayramda mehmon san’atkorlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

🤹‍♂🎭Bundan tashqari, bolajonlar uchun turli atraksionlar, dorbozlar chiqishlari namoyish etiladi!

📍Tantanalar ertaga, 16-mart kuni soat 10:00 da Markaziy stadionda boshlanadi.

Barchangizni bayram saylida kutib qolamiz!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍19👏1
Muhtasham "Majnuntol" koshonasida  Toshkent viloyati "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda uch avlod vakillari uchrashib o‘zlarining hayot yo‘llari, ish faoliyatlari hamda davlatimiz ravnaqi yo‘lida  ham iqtisodiy  ,hamda ijtimoiy rivojlanishida qanchalik qo‘shgan hissalari,mehnatlari va ularning samarasi haqida so‘zlab berdilar.

Yosh avlod vakillariga keksalarning ishlarini o‘rganib,ulardan ko‘proq maslahatlar olishib, mehnat tajribalarini o‘rganish kerakligini o‘rgatdilar.

Uch avlod vakillari uchun san’atkorlarimiz tomonidan dilkash kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, dasturxonga milliy taomlar tortildi.

Tadbirda nuroniylar ,"Buvijonlar maktabi" raislari, uzoq yillar davomida korxona va tashkilotlarda mehnat qilgan faxriylar qatnashdilar.Tadbir nihoyatda qiziqarli va  mazmunli o‘tdi.

Bu uchrashuv,  keksa avlod vakillari hamda yosh avlod vakillari o‘rtasidagi ko‘prik bo‘ldi, desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍15👎2👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Viloyatimiz boʻylab yangilanish va yasharish ayyomi - Navroʻzi olam shukuhi kezmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Toshkent viloyati hokimining 2023 yil 24-fevral kunidagi buyrug'i hamda Ohangaron shahar hokimining 4- sonli buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun shahar FVB da umumta'lim maktablari o'rtasida 🚒🚒" Yosh qutqaruvchilar" ko'ngillilar musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada shahar hududidagi 7 ta maktab ishtirok etdi.
🥇Musobaqa so'ngida barcha yo'nalishlarda g'olib bo'lgan 1- umumta'lim maktab viloyat bosqichida yo'llanma qo'lga kiritdi.
🏆 G'olib bo'lgan jamoaga shahar FVB bo'limi tomonidan Faxriy yorliq va estalik sovg'alar topshirildi.
👍8👏1