Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
​​#bildirish

❗️Anomal sovuq kutilyapti. Undan birinchi galda kimlar saqlanishi kerak?

Gidrometeorologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, bugundan mamlakatimizga Volgaboʻyi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Natijada 10-15-yanvar sanalarida yurtimizda anomal sovuq kuzatilishi, havo harorati kechalari -12-17 daraja, shimolda tunda -17-22 daraja, Ustyurt va choʻl hududlarining baʼzi joylarida esa -25-27 daraja sovuq boʻlishi kutilyapti.

Xoʻsh, bunday anomal harorat inson salomatligiga qanday taʼsir etadi? Uning zararli oqibatlaridan saqlanish usullari nimalardan iborat?

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari E.Basitxanova shu haqdagi tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

— Qattiq sovuqda koʻpincha qon tomirlarining keskin torayishi kuzatiladi, — deydi vazir oʻrinbosari. — Ayniqsa, gipertoniya, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, insult va infarktdan keyingi holat, stenokardiya kabi kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarga bunday noqulay ob-havo salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ularni bosh va yurak sohasidagi ogʻriqlar bezovta qiladi.

Shuningdek, bronx va oʻpka xastaliklari, xususan, bronxial astmaga chalingan bemorlarda kasallikning faol davridagi asoratlar zoʻrayadi. Yaʼni uydan koʻchaga chiqqanda, bronxospazm yoki stenokardiyaning xuruj qilish xavfi ortadi. Shu sababli bunday insonlar shifokor tavsiyasi bilan yonida doimiy ichib yuradigan dorilarini olib yurishi shart.

Qolaversa, anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlashuviga ham sabab boʻlishi mumkin. Chunki bunday sharoitda tana aʼzolarining muzlab qolish ehtimoli yuqori.

Shu bois sovuq qotishning oldini olish uchun koʻchaga chiqqanda issiq va qalin kiyimlar kiyish lozim. Bunda, qoʻlqop va jun paypoqlardan foydalanish juda muhim. Ayniqsa, bosh va yirik qon tomirlari joylashgan boʻyin qismini issiq tutish talab etiladi. Sababi boʻyindagi tomirlar inson bosh miyasini qon bilan taʼminlaydi.

Anomal sovuqda alkogol va tamaki isteʼmol qilishdan voz kechgan maʼqul. Boisi bu zararli odatlar qon tomirlarini keskin toraytirib, qoʻl va oyoqning qisqa muddatda muzlashiga sabab boʻlishi mumkin.

Qattiq sovuq havo inson terisini haddan ortiq quritib yuboradi. Shu bois koʻchaga chiqishdan avval tarkibida suv boʻlgan dori vositalarini teriga surtmagan maʼqul. Aksincha, yogʻli kremlarni qoʻllash tavsiya etiladi.

Sovuq kunlari ertalab, albatta, nonushta qilish kerak. Och qolish tananing tez muzlashi va immunitet zaiflashishiga sabab boʻladi. Isteʼmol qilinadigan taomlar kaloriyasi issiq kunlarga nisbatan 25-30 foizga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, issiq va suyuq ovqatlar juda foydali.

‼️Anomal sovuq kunlari ochiq havoda kamroq boʻlish, bolalar va keksalarning koʻchaga chiqmasligi tavsiya etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilab qo‘yilgan.

Shu munsabat bilan shahrimizda faoliyat yuritib kelayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritishga to‘liq o‘tilishi so‘raladi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
🚨Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, shahargaz xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari ma'sullari bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlarida is gazi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari, havo haroratining keskin sovub ketishi oldidan amalga oshirilmoqda.

⚡️Bu galgi profilaktik tadbir  ''Yangiobod''' mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatlixonadonlarda hamda yakka tartibdagi yashash uylarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan olib borildi.

❇️ Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarga kuz-qish mavsumida yong‘in, chaqnash, is gazi hamda ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda hodisalarni oldini olish hamda nosoz, qo‘lbola elektr, gaz jihozlaridan foydalanmaslik bo‘yicha eslatma materiallari tarqatildi.

🔥Yong‘in, gaz sizib chiqishi yoki boshqa favqulodda holatlar guvohi bo‘lganizda zudlik bilan''101'' yoki  ''1050'' qisqa raqamlariga xabar bering.

Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi.
#Ta'lim_islohatlari_аmalda
#kelajak_kasblari
#yoshlar_ishlari_agentligi
#Sifatli_ta_lim
#Kelajak_kasblari_loyihasi_

“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 14-30 yosh toifasidagi 34 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratilgan edi.

Mazkur imkoniyatdan foydalanishni boshlagan BRIGHT o'quv markazida o'qishni davom ettirayotgan 15 nafar o'g'il-qizlarni bugun Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi boshlig'i A.Uralov tomonidan o’qish jarayoni monitoring qilindi.

🏆🏆BRIGHT o'quv markazining 6 nafar IELTS sertifikatini olgan iqtidorli o'quvchilari Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi boshlig'i A.Uralov tomonidan munosib rag'batlantirildi.

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Obodlik

“Adolat” MFY hududidagi 27-ko‘p qavatli uy oldidagi chiqindilar olib chiqib ketildi.

❇️Shu bilan birgalikda, mahallada “Ayollar daftari” bo‘yicha xatlov ishlari olib borilmoqda.


https://t.iss.one/ohangaronshahar