Оhangaron shahar hokimligi
11.2K subscribers
45.2K photos
2.88K videos
71 files
10.2K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Yoshlarga | #imkoniyat

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?
https://telegra.ph/Qanday-hollarda-davlat-talabani-50-foizgacha-kontrakt-pulini-tolab-berishi-mumkin-09-03

Yoshlar daftari nima?
https://telegra.ph/Yoshlar-daftari-nima-12-22

Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi?
https://telegra.ph/Yoshlar-daftariga-kimlar-kiritiladi-12-22

Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak?
https://telegra.ph/Yoshlar-daftariga-kirish-uchun-kimga-murojaat-qilish-kerak-12-22

Yoshlar yoshlar daftaridan qaysi hollarda chiqariladi?
https://telegra.ph/Yoshlar-yoshlar-daftaridan-qaysi-hollarda-chiqariladi-12-22

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 250-sonli qarori. (28.04.2021-y)

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
Ohangaron shahar 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Unda maktab direktori F.Mashkurova, MMIBDO' A.Shodiyeva,O'IBDO' D.Srailova,IMMBT Y.Xalkuziyeva hamda o'qituvchi xodimlar ishtirok etdi.

❇️Dastlab Murojaatnoma katta ekranda namoyish etildi va so’zga maktabning tarix fani o'qituvchisi D.Aslonov so'zga chiqib, davlatimiz rahbari ta'lim sohasida to’xtalib o’tgan har bir mavzu yuzasidan xodimlarga tushunchalar berdi. Unda alohida urg’u berilgan yoshlar, ularni ilm olib, izlanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil to’xtaldilar.

Shu o’rinda o'qituvchi xodimlar ham Murojaatnomaga o’z munosabatlarini bildirib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini o'z oldiga maqsad qilib oldi.

IMMBT: Y. Xalkuziyeva

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍4
#Qurilish

Aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi eng dolzarb muammolarni o‘rganish orqali 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha  shahrimizdagi barcha mahallalarda o‘rganish olib borildi.

Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrda "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-son qaroriga kiritilib, ijrosi bo‘yicha Ohangaron shahridagi mahallalar fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda aholi vakillari mahalla fuqarolar yig‘inlari binoslari qurilishi taklifini kiritgan edi.

Bugun mazkur qaror asosida Ohangaron shahrida 3 ta mahalla fuqarolar yig‘ini qurilishi boshlab yuborildi.

Bugun shahardagi “Baxt” MFY mahalla binosi qurilish ishlari shahar hokimi Akrom Eshonkulov tomonidan o‘rganildi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍4😱1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2022 yil 27-dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent viloyati Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "San'atim-saodatim" deb nomlangan "Hisobot" konserti bo'lib o'tadi.

Barchangizni Konsert dasturimizga taklif qilamiz!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔖 Yangi yil munosabati bilan 2-sektor rahbari va 2-sektor yoshlar yetakchilari tomonidan tashkil etilgan "YANGI YIL" bayramidan video lavha.

♻️Bayramda sovg'a-salomlar va ko'ngilochar tadbirlar namoyishi bo'lib o'tdi.

2-sektor yoshlar yetakchilari barcha yoshlarni "Yangi yil" bayrami munosabati bilan tabriklaymiz.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍8
Янги йил байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олишади?

Жорий йилги Янги йил байрамида иш ҳафтасининг давомийлигидан қатъи назар барча ходимлар кетма-кет 4 кун дам олишади.

Демак:

31 декабрь — шанба (Президентнинг ўтган йилги фармони асосида 6 кунлик иш ҳафтасидаги ходимлар учун дам олиш куни);

1 январь — якшанба (Янги йил байрами);

2 январь — душанба (иш ҳафтасидан қатъи назар барча учун қўшимча дам олиш куни);

3 январь — сешанба (6 кунликлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунликлар учун 7 январь – шанба кунидан кўчирилган дам олиш куни).

❗️30 декабрь (жума) ва 4 январь (чоршанба) кунлари иш куни бўлади.

@Ohangaronim_hayoti
👍5
#taraddud

Kirib kelayotgan yangi yil bayrami oldidan shahrimizdagi barcha mahallalarda obodonlashtirish tadbirlari, hasharlar tashkil etilmoqda!

Shahar hokimi Akrom Eshonkulov har bir mahallaga borib hududlar obodligini nazorat qilmoqda.

Shahardagi tozalik posbonlari, mehnat qurollari bilan mahallalarda mehnat qilmoqda.

Xo‘sh, sizchi mahallangizni obod qildingizmi? Mehmon kelganda uyalib qolmaysizmi?!


Yangi yilni obod mahalla, obod xonadonda kutib olganga nima yetsin?!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍5