Audio
#Dayjest
Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.
🔘Piskent tumani. Tuman hokimligi tomonidan 29 ta mahalladagi chevarlik hunari boʻlgan 139 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi. Ularning 130 nafari “Ayollar daftari”, 9 nafari esa “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlardir.
🔘Ohangaron tumani. Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sevara Dehqonova mahalla masʼullari bilan birgalikda hududlarda uyma-uy yurib, “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlar bilan suhbatlar olib bormoqda.
🔘Ohangaron shahri. 1-sektor hududidagi “Adolat” mahallasida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishchi guruh tomonidan xatlov olib borilmoqda.
🔘Zangiota tumani. “Biz birgamiz!” aksiyasi doirasida “Ayollar daftari” soʻrovnomasi oʻtkazilib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.
🔘Angren shahri. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik markazi tomonidan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”dagi fuqarolar hamda kasb-hunarga ega boʻlish istagida boʻlganlar uchun oʻquv-mashgʻulotlar tashkil etildi va tegishli sertifikatlar topshirildi.
🔘Boʻstonliq tumani. Saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan 213 nafar oila holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, 1,3 tonna kartoshka hamda 1 tonna baliq mahsulotlari tarqatildi.
🔘Qibray tumani. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 12 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar topshirildi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH