Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.74K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#ma’naviyat


Bugun Respublika ma’naviyat ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘limi rahbari Umida Cho‘lponova boshchiligida shahrimizdagi 7-sonli yordamchi maktabda "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, "Ohangaron hayoti" gazetasi bosh muharriri Sh.To‘laganova maktab o‘qituvchilari bilan bugungi kunning matbuoti, ma’rifat tuyg‘usining jamiyatdagi ahamiyati  haqida suhbatlashdi.

Davra suhbati so‘ngida pedagoglar o‘zlari sevgan bosma nashrlar haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


@ohangaronshahar
#amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti

⚡️ Ohangaron Dehqon bozorida yong‘in-qutqaruv amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

🚒 Toshkent viloyati hokimining 2022 yil 2 noyabr kunidagi  394-10-0-F/22-sonli Farmoyishi hamda Ohangaron shahar hokimining 2022 yil 5 noyabr kunidagi "Ohangaron shahar Dehqon bozori hududida yong’inlar bilan bogliq ko’ngilsiz holatlar, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy va texnogen turdagi favqulodda vaziyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, bozor hududida ichki aylanma yo’llarni ochish va bozor hududini tartibga keltirish to’g‘risida" gi 9-sonli Buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida,  Ohangaron Dehqon bozori va savdo komplekslarida “Yong’inlar bilan bog‘liq ko’ngilsiz holatlar, sodir bo’lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen turdagi favqulodda vaziyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish” mavzusida  maxsus – taktik oquv mashg‘uloti  va  saf  korigi o`tkazildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Adabiyot
#Ohangaron_shahar

Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi keng nishonlanmoqda

Bugungi kunda yoshlarni adabiyotga qiziqtirish, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari tomonidan targ‘ibot tadbirlari, adabiyot kechalari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Ohangaron shahar 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Usmon Nosir-otashnafas shoir" mavzusida adabiyot kechasi o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda iqtidorli o‘quvchilar tomonidan shoirning hayoti va ijodi haqida fikrlar yuritilib, she'rlari yod olindi.

☑️Tadbirda maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi M.Aliyeva tomonidan Usmon Nosir hayoti va ijodiga oid videorolik namoyish etildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi
     
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Besh tashabbus olimpiadasi g‘oliblariga qanday sovg‘alar beriladi?

Bugun jamoamiz bilan birgalikda “Besh tashabbus” olimpiadasi g‘oliblariga taqdim etiladigan sovg‘alarni ko‘zdan kechirib, hududlarimiz tomon kuzatdik.

📹 HD video

@alisher_sadullaev
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va
muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘Bekobod tumani. Hokimlikda ijro intizomi tahlil qilinib, jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 16 nafar ishsiz va “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar tikuvchilikka oʻqitildi.

🔘Ohangaron shahri. Hokimlikda “Yashil makon”, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va hokim yordamchilarining faoliyati koʻrib chiqildi.

🔘Olmaliq shahri. Navbatdagi “hokimlik soati”da 4-chorak ish rejalari, kommunal toʻlovlar, jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligi, koʻchat ekish ishlarini borishi tanqidiy tahlil qilindi.

🔘Zangiota tumani. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 nafar yoshga davolanishi uchun 115 million soʻm mablagʻ ajratildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. XTB tasarrufidagi maktablarning 9-10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Sektor rahbarlari Islohot mahallasining ichimlik suvi muammosini oʻrganib, 2 yarim km dan toza suv keltirishni rejalashtirdilar.

🔘Chinoz tumani. Xotin-qizlar faollari uchun oʻquv-seminarida “Ayollar daftari” asosida koʻrsatilgan yordam taxlil qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. F.Mirzayev boshchiligida “hokimlik soati”da kuz-qishga tayyorgarlik va “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

Ohangaron shahar "Shodlik" mahallasidan ishsiz fuqaro Burasanov Ernest “Yoshlar daftari”ga o'zini-o'zi band qilish uchun amaliy yordam so'rab murojaat qilgan edi.

❇️Mahalla yoshlar yetakchisi Rajabov Shukurullo yordami bilan ishsiz yoshimizning bandligi ta'minlandi.

📌Bugun Ernest subsidiya asosida qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida asbob-uskuna uchun subsidiya olib, o'z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Yoshlarga berilayotgan bunday imkoniyatdan juda xursandman. Endi manga berilgan bu imkoniyatdan to'g'ri foydalangan holda shahrimiz rivoji uchun hissa qo'shamiz - deydi Ernest.

🔥Bugun sizda ishtiyoq va qiziqish bormi? Unda mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga uchrashing.
‼️HURMATLI FUQAROLAR‼️

     🔥Joriy yilning 15 noyabrdan 15 dеkabrgacha o'tkaziladigan "Yong'in xavfsizligi oyligi" da faol ishtirok eting, yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling! O‘zingiz, oilangiz va mol-mulkingizni yong‘indan asrang! Is gazidan zaharlanishdan saqlaning.
    Yong‘in xavfini sezganda yoki sodir bo‘lganda zudlik bilan tezkor 
☎️ 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati


https://t.iss.one/ohangaronshahar
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Русланбек Қуролтайевич Давлетов Президентнинг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси адлия вазири лавозимидан озод этилди.

Указом Президента Республики Узбекистан Русланбек Куролтайевич Давлетов назначен на должность советника Президента по вопросам общественно-политического развития и в связи с этим освобожден от должности министра юстиции Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter