Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.2K photos
2.51K videos
67 files
8.82K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Jarayon
#Onlayn

Ayni damda Toshkent viloyati prokurori  Shavkatjon Raximov Ohangaron shahar aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Sayyor_qabul

Qabulda fuqarolarning uy-joy, kadastr, bank yo‘nalishidagi murojaatlari tinglanib, ijro uchun tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#DIQQAT_DIQQAT... E'LON...
#Ohangaron_shahar
#4-sektor_rahbari_kubogi
#Stol_tennis_yo'nalishi
#03_11_2022
🏓Stol tennisi-kichik koptok va raketkalar bilan stolda o'ynaladigan sport o'yin.

⚡️⚡️⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan.......

Yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 3-noyabr kuni soat 11:00 da mahalladagi  yoshlar o'rtasida  4-SEKTOR RAHBARI A.MO'MINOV KUBOGI bo'lib o'tadi.

Bunda sportning Stol tennisi bo'yicha 10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishadi.
🏆G'oliblar qimmatbaxo esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

☺️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.G'olib bo'ling..
Manzil:Ohangaron shahar ixtisoslashgan maktabi.
Mo'ljal:Ohangaron shahar 9-maktab yonida


OHANGARON SHAHAR YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI
#Taraddud
#qaror_va_ijro

Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yaratish muhim masala

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-oktyabrdagi 587-sonli qarorida belgilangan qish-bahor mavsumida aholini va ijtimoiy soha tashkilotlarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Ohangaron shahrida ham maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahrimizdagi “RUBBER TICHNICAL PRODUCTS” XK xodimlari uchun tashkilot tomonidan 50 kg kartoshka, 30 kilo piyoz mahsulotlari tarqatildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Toshkent viloyati Ohangaron shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida 11- noyabr O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O'zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo'mitasi va O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 7-60 c va 47 q/q- sonli qo'shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlovga Ohangaron shahar XTB amaliy fanlar metodisti F.Jo'rabekov, ma'naviy-axloqiy tarbiya bo'limi rahbari Ch.Yo'ldoshevalar hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etishdi.

Maktab direktori I.Xamrayev tadbirni ochib berib, o'quvchilarga muvaffaqiyat tiladi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar