Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.8K photos
2.55K videos
67 files
8.98K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Sport_salomatlik_garovi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, shaharda sport musobaqalarini keng miqyosda tashkil etish, sportchi yoshlarni saralab olib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida Ohangaron shahar BO‘SM hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan sportning stol tennisi turidan shahar birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada nogironligi bor fuqarolar ham ishtirok etdi.

Turnir g‘oliblariga hamkorlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.


Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📆 “Tashabbusli budjet”ning 2025-yildagi ilk mavsumida loyiha kiritish bosqichi yakunlanishiga 1 kun qoldi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yildagi 1-mavsumida loyiha kiritish bosqichi 20-fevral kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur mavsumda respublikadagi barcha mahallalar ishtirok eta oladi. Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash Boshqarmasi Ohangaron bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan Ohangaron shahar 3-sonli o‘rta ta’lim maktabida "Diqqat temiryo‘l" va "Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarni tarqalishini oldini olish"  yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Ohangaron shahar Yosh kitobxon tanlovi g'oliblari  hududiy bosqichda ishtirok etishdi...

📚Bugun Toshkent viloyati yozuvchilar uyushmasida Yosh kitobxon tanlovining  viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
10-14 yosh
1. Norqulova Navro'za ( Bo'ston mahallasi) – 1-o'rin
15-19 yosh
2. Saidahmatova Maftuna (Guliston mahallasi) – 1-o'rin
20-30 yosh
3. Erboyeva Barno (Navbahor mahallasi) –1-o'rinni qo'lga kiritib viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan edi.

👨‍🎓Natijalariga ko'ra, 3-maktab o'qituvchisi, Navbahor MFYda istiqomat qiluvchi ishtirokchimiz 23 yoshli Erboyeva Barno faxrli
3 - o'rinni egalladi.
Yoshlarimizga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg'alar topshirildi.
Barnoxon, Mohichehra va Maftunalarga kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

😎Olg'a Ohangaron yoshlari!!!!
#Sayyor_qabul

IIB boshligʻi sayyor qabul oʻtkazdi

Bugun, 3-sektorga qarashli Ohangaron shahardagi Vatan mahallasida shahar IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari J.Tilyabaev hamda shahar Xalq qabulxonasi mudiri F.Isakov ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

  Qabul davomida aholining murojaatlari tinglanib, ularni yechimi boʻyicha bir qator muhokamalar oʻtkazildi hamda mahallada bo'lgan jinoyatniham keng jamoatchilik oldida muhokama qilindi.

   Aholi murojaatlari tegishliligi boʻyicha 3-sektor rahbari nazoratiga olinib, imkoni borlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari belgilandi. Qolgan murojaatlar tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirib berildi.

    Sayyor qabulda Vatan mahallasida istiqomat qiluvchi 10 dan ziyod fuqarolar qatnashdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.
Ayni damda Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Viloyat hokimi kubogi”da sportning voleyboll turidan musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada Ohangaron shahar jamoasi vakilalari shahrimiz sharafini himoya qilmoqda.

Hokim o‘rinbosari Kamola Usmanova jamoa tarkibida ishtirok etmoqda.