Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.81K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayollar_daftari

Ohangaron shahrida "Ayollar daftari" 6-bosqich xatlovi davom etmoqda...

✔️Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 833-sonli qarori, "Ayollar daftari" ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan Qo'rg'on, Do'stlik "mahalla yettiligi" tomonidan xatlov ishlarini olib borilmoqda.


⚡️Bugun Ohangaron shahar oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i K.Usmanova, O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi mas'ul xodimi J.Xidirovlar xatlov jarayonlarini o'rgandi.
#Vatanparvarlik_oyligi
#Sayohat

O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.

Shu munosabat bilan joriy yilning 9-yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan shahar Maxsus harbiy maktab kursant-yoshlarini tuman harbiy qismida tashkil etilgan "Men ham askar bo‘laman" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni"da sayohatga olib borildi.

⚡️Unda yoshlar harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi hamda bugungi kunda milliy armiyamizda yaratilgan sharoitlar va Oliy harbiy bilim yurtlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/RMMMOhangaronsh
⚡️“Guliston” MFYda nuroniylar yig‘ilishdi

✓ Yig‘ilishda “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Sh.Kamilov, shahrimiz faol nuroniylari va “Keksalar maslahati” guruhi raislari qatnashdilar.

✓ Yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masalaga asosan Asadulla Umarov “Guliston” MFY "Keksalar maslahati" guruhi raisi etib saylandi.

✓ Ikkinchi masala muhtaram Prezidentimizning 24.11.2024 yildagi PQ–405 va Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024 yildagi №892-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan fikr mulohazalar bildirilib, mahallalarda ishlar boshlanganligi e’tirof etildi.

✓ Xususan, shahrimizdagi 22 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 3 tadan ja’mi 66 ta faol nuroniy tanlab olindi. Har biri bilan alohida mazkur qarorlar yuzasidan suhbatlashilib, ijtimoiy tarmoqda “Faol Nuroniylar” telegramm guruhi tuzildi.

✓ Mahallalarda ishlar qizg‘in boshlanib,  faol nuroniylarning faolligi e’tirof etildi.