Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.87K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Tayinlov

Abduqodirova Shohista Yodgor qizi Toshkent viloyati Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga tayinlandi.

Sh.Abduqodirova 1992-yilda Ohangaron shahrida tug‘ilgan.

Tayinlovga qadar, Oila va xotin-qizlar bo‘limida mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
⚡️2025-yil 1- yanvardan boshlab davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari to'lovi yangi narxlari belgilandi


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Bilasizmi

⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

🔹ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

🔹ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolganda;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.
#kun_hikmati

Oftob haq-nohaqni ajratmaydi, u kimnidir isitishni maqsad qilmasdan nur sochadi. Oʻzini topgan odam xuddi oftobga oʻxshaydi.

Yapon hikmati


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Diqqat_E'lon

Qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida kreativ ta'til loyihasi doirasida Ohangaron shahar Yoshlar ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda  Ohangaron shahar sardorlari tomonidan kitobxon bolalar tanlovi bo'lib o'tadi.

📖Shahrimizdagi barcha kitobxon bolalarni bugun soat 11:00 da Yoshlar markazida kutib qolamiz!

Qani yoshlar, bilimingizni sinab ko'ring!

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#Boshqaruv_servis_kompaniyalari_faoliyatidan

Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 3-kichik tuman 25-uy 5-kirish yo‘lagidagi kodli qulf ta’mirlandi.

Vatan MFY 3-kichik tuman 24-uy yerto‘lasi chiqindilardan tozalandi. Shu mahalladagi 21-uydan tushgan elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaat bartaraf etildi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
Xitoyda tarqalayotgan virus Oʻzbekistonda ham aniqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, metapnevmovirus yangi kasallik emas.

Batafsil

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt
#kreativ_taʼtil
#kitobxon_bolalar
#Ohangaron_shahar
#Yoshlar_ishlari_agentligi

📖Qishki taʼtilni mazmunli tashkil tashkil etish maqsadida "Kreativ taʼtil" loyihasi doirasida Ohangaron shahrida  "Kitobxon yoshlar" tanlovi boʻlib oʻtdi.

Shahar va barcha maktab sardorlari bilan birgalikda bolajonlar test sinovlarida o'z bilimlarini sinab ko'rishdi.

📚Barchaga ta'tilda a'lo kayfiyat va omad tilaymiz...

Eslatib o'tamiz, ertaga zakovatchi  bolalar musobaqasi bo'lib o'tadi.